ERASMUS+ ICM — SHVETSIYADA 1 SEMESTR TAHSIL OLISH IMKONIYATI!
@kokandunipress🇸🇪 ERASMUS+ ICM — SHVETSIYADA 1 SEMESTR TAHSIL OLISH IMKONIYATI!
🏫 Lund University
📅 📅 Mobillik: 2027-yil bahorgi semestr
⏳ 5 oy
🎓 30 ECTS
👥 3 nafar talaba
🇸🇪 Davlat: Shvetsiya
📚 📚 Yo‘nalishlar: Iqtisodiyot va Psixologiya
⚠️ MUHIM
• Lund University kurslarining o‘ziga xos akademik talablari mavjud.
• Ichki tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Lund University’ga tavsiya etiladi.
• Yakuniy qabul Lund University tomonidan akademik moslik, tanlangan kurslar va mavjud o‘rinlar asosida amalga oshiriladi.
• Erasmus+ ICM doirasida muvaffaqiyatli yakunlangan o‘quv faoliyatlari Learning Agreement asosida akademik tan olinadi.
✅ TALABLAR
• Qo‘qon universitetining faol talabasi bo‘lish
• GPA kamida 3.0
• Ingliz tili — kamida IELTS 6.0
• Akademik qarzdorlik va intizomiy muammolar mavjud emas
• Motivatsion xat taqdim etish
• Tanlov suhbatidan muvaffaqiyatli o‘tish
📄 KERAKLI HUJJATLAR
• Xorijiy pasport nusxasi
• CV
• Motivatsion xat
• Akademik transkript
• IELTS sertifikati
• Qo‘qon universitetining ichki ariza hujjatlari
🏆 TANLOV MEZONLARI
• 📊 GPA — 35 ball
• 🇬🇧 Ingliz tili darajasi — 20 ball
• 📝 Motivatsion xat — 15 ball
• 🗣 Suhbat — 20 ball
• 🏅 Talabaning faolligi — 10 ball
🌍 SIZNI NIMALAR KUTMOQDA?
• Xorijda 1 semestr tahsil olish
• Xalqaro akademik tajriba orttirish
• Yangi bilim va ko‘nikmalar egallash
⏰ MUHIM SANA
📅 Arizalar qabuli: 2026-yil 20-sentabrgacha
📍 Hujjatlar offline shaklda: D bino, 205-xona — Xalqaro hamkorlik departamenti.
⚠️ Joylar soni cheklangan!