ENG YAXSHI DAVLAT MOBIL ILOVASI TANLOVI:SAHIYA LOYIHASI

ENG YAXSHI DAVLAT MOBIL ILOVASI TANLOVI:SAHIYA LOYIHASI

BAFOYEV MIRZO ULUGBEK
SAHIYA LOGO


«mGovAward» O‘zbekiston universitetlari talabalarining innovatsion potentsialidan foydalangan holda ishlab chiqilgan davlat xizmatlarining eng yaxshi va samarali mobil ilovasi uchun mo‘ljallangan. Ushbu mukofot yosh talabalarni O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlik qilish va davlat qurilishida qatnashishga undash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari hamkorligida tashkil etilgan. Maqsad – O‘zbekiston davlat xizmatlarini samarali, shaffof va uzluksiz ravishda qulay mobil ilova yordamida ko‘rsatish orqali fuqarolarining hayotini yaxshilash.


PREZIDENT


mGovAward_bot orqali telegramda ovoz berishda bizni (SAHIYA loyiha jamoasini) qo'llab-quvvatlashingizni so'raymiz, quyida bizning loyihamiz haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin. Ovoz berish orqali siz loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda bizga katta yordam berasiz.


SAHIYA - nogironlarga, shuningdek, sog'lom odamlarga hayotlarining turli sohalarida yordam berishning universal tizimi. Tizim ko'p qirrali, osongina sozlanishi va qariyalarga ham, yoshlarga ham mos keladi.


Tizimni sozlash oson va sodda bo`lib, undan foydalanish qulay. Bu odamni atrofidagi dunyodan mustaqil bo'lishiga yordam beradi. Loyiha - sun'iy intellektga ega tizimga asoslangan platformaviy dastur.

DASTUR FUNKSIYALARI


PROMO ROLIK


Jamoamiz haqida SAHIYA sahifasida ma`lumot olishingiz mumkin.


Endi bizning loyihamiz sarmoyaga muhtoj. Biz eng yaxshi mobil ishlanmalar tanlovida qatnashmoqdamiz. mGovAward_bot orqali telegramda ovoz berishda bizni qo'llab-quvvatlashingizni so'raymiz


 Yaqinlaringizga xabarni ulashing. Bugun keyingi avlod sizga minnatdorchilik bildirishni boshlasin ...


Report Page