EMOTSIYALAR.MUNOSABATLAR
4-QISM
TO’RT DEVOR ICHIDA
Siz shunchaki hamma narsani sevishingiz mumkin va siz butun mavjudot bilan [sevgida] shunday bo'lishingiz kerak.
SAVOL: Hozirgi kunda, ko’plab sabablar tufayli sevgi va nikoh baxtsizlik manbaiga aylanib qoldi. Sevgi va nikoh haqda chuqurroq gapirib bera olasizmi?
SADGURU: Nikohning baxtsizlikka aylanib qolganining yagona sababi juftliklar bir-birlarining ustidan kula olish va hazillashish imkoniyatini yo’qotganliklaridir. Ular bir-birlarining hayotida yaratadigan oddiy kelishuvlar haqida ham o’lgudek jiddiy bo’lib qolishgan. Bular shunchaki ikki inson birgalikda yashashni istaganliklari uchun yaratiladigan kelishuvlar edi. Bu nikohning yomon ekanligi uchun emas. Bu shunchaki sizning o’lgudek jiddiyligingizdadir, mana shu baxtsizlik yaratmoqda. Odamlar do’stlari bilan hazillashishadigan, kulishadigan mavzular, uyga kelganda to’satdan jiddiy narsaga aylanib qoladi. Siz shunday bo’lishini sezganmisiz? Agar siz shunday qilishda davom etsangiz, bu bora-bora baxtsizliklarni keltirib chiqaradi.
Shunday qilib sevgi nima? Agar siz tushunishingiz kerak bo'lsa va eng muhimi, agar siz buni amalga oshirishingiz kerak bo'lsa, sevgi muhandisligi va mexanikasini tushunishingiz eng yaxshi ishdir. Qachonki sizda javob berish istagi bo’lsa, shundagina sizda sevgi yuz beradi.
Bir kuni Shankaran Pilay universitetda domlasining oldiga kelib, debdi ‘‘Professor, menga yordamingiz kerak.’’
Professor, ‘‘Albatta, qulog’im sizda. Men sizga qanday yordam bera olaman?’’
Shankaran Pilay kollejdagi bir go’zalning ismini aytib, ‘‘Men shu qizni sevib qoldim. Ammo men ishning yarmini bajardim. Qolgan yarmi uchun yordam berishingiz kerak.’’ debdi.
— Ho’sh, bu men yordam bera oladigan muammo emas. Agar bu fan bo’yicha biror masala bo’lganida men sizga yordam bera olardim. Ho’p bari bir siz mendan yordam so’radingiz, ammo aytingchi, ‘‘ishning yarmini bajardim’’ deb nimani nazarda tutyabsiz?
Shankaran Pilay javob berdi; ‘‘Men uni butkul sevib qoldim.Ammo u buni bilmaydi. Ishning yarmi muvaffaqiyatli bajarildi. Siz menga qolgan yarmi uchun yordam berishingiz kerak.’’
Sevgi shunchaki sizning biror insonga qilgan javobingizdir. Men ‘‘sevgi’’ deganimda, siz kimdir haqida tasavvur qilasiz. [Lekin] sevgi boshqa bir inson haqida emas. Sevgi siz haqingizda. Siz ko’chalarda mexrga to’la bo’lib[xuddi sevgan insoningiz yonida bo’lganingiz kabi] yurishingiz mumkin, siz ishxonangizda mexrga to’lib ishlashingiz mumkin.
Bir necha vaqt oldin biz Microsoft kompaniyasining eng yaxshi qirq nafar rahbarlari uchun dastur tayyorlagan edik. Men bilan o’n bitta volontyor ishtirokchilar bor edi. Ularning hammasi har doim to'liq yonib ishlar edi. Ular o’zlari bilan ishlash uchun faqat yaxshi odamlarni tinmay qidirishardi, chunki bu eng qiyin ish edi. Oldingizda yaxshi odamlarni to’play olish ishning sakson foizi ‘‘hal bo’ldi’’ degani. Agar oldingizda yaxshi odamlar bo’lsa, qolgani juda oson. Shunday qilib ular hamisha qidiruvda edi, va keyin mendan so’rab qolishdi, ‘‘Sadguru, siz bunday odamlarni qayerdan topasiz?’’
Men javob berdim, ‘‘Siz ularga ega bo’lolmaysiz, siz ularni yaratishingiz kerak.’’
— Qanday qilib yaratish mumkin?
— Ularni sizni sevishlariga majbur qilishingiz kerak.
— Qanday qilib?
— Birinchi, siz ularni sevishingiz kerak.
t.me/alruwhania