EMOTSIYALAR. MUNOSABATLAR

EMOTSIYALAR. MUNOSABATLAR

6-QISM



Erkak va ayol ikkita majburiyatlardir. Ikkita majburiyatlar hech qachon birga yashay olmaydi.

SAVOL BERUVCHI: Nima uchun sevgi va nikoh odamlar o’rtasida odatda eng katta ziddiyatlarni yaratadi?


SADGURU: “Erkak” va “ayol” jismoniy tomondan qarama-qarshilikdir.  Tabiat bizni ko’payish jarayoni amalga oshishi va avlod davom etishi uchun mana shu tazrda yaratdi. Agar bu zarurat bo’lmaganida— chaqaloqlarni laylaklar osmonda olib kelganida— bizga kelgusi avlodlar uchun erkak va ayollar kerak bo’lmas edi. Va agar ko’payish jarayonining chuqur ildiz otgan majburiyigi bo’lmaganida[ko’payish muhimligi ongimizda chuqur ildiz otmaganida] odamlar buning uchun harakat qilmas edilar. Tanangizdagi har bir hujayra, miya hujayralari ham gormonlar tomonidan boshqariladi va sizni ma’lum bir yo’nalishda olib boradi. Bundan yuqoriga ko’tarilish insondan katta ong talab qiladi. Aks holda buning o’zi hayot bo’lib ko’rinadi— bu sizni mana shunday o’ylashga majbur qiladi. O’n yoki o’n bir yoshgacha siz bu haqida [ko’payish haqida] xatto o’ylamas edingiz. Odamlar qilayotgan narsalar kulgili tuyilar edi. Ammo to’satdan, yangi bir modda[garmon] boshqaruvni qo’liga oldi va bularning [kulgili tuyilgan ishlarning] hammasi [siz uchun ham] reallikka aylandi. 

Siz ham zaxarlandingiz, tabiat sizni kimyo [gormonlar] orqali qo’lga oldi va o’zining ko’payish, davom etish va abadiylik maqsadlari uchun safarbar qildi. Bu sodir bo’lganida birdan erkak va ayol birga bo’lishga majburlanadi. Yoki boshqacha qilib aytganda, mana shu majburiylik kelganida, miya  tabiiy ravishda undan qanday qilib eng yaxshi foyda olish harakatida ish ko’radi.

Afsuski, munosabat asosan, boshqasidan ko’proq foydalanish niyatida olib borilyabdi.  Bu berish-olish munosabati. Qachonki siz oddiy vaziyatlarda berayotgan va olayotgan bo’lsangiz, har doim bir inson ‘‘ Men ko’proq berayabman, u kamroq berayabdi’’ degan fikrda bo’ladi. 

Jamiyat sizni har doim aqilli bo’lib va qanday qilib kamroq berib, ko’proq olishga o’rgatadi. Bu xoh bozor bo’lsin, xoh nikoh bo’lsin— ikkisida ham bir xil hisob-kitob bor. Shuning uchun ham bu yerda sevgi haqida juda ko’p suhbatlar borki, siz u hisob-kitobdan oshib o’ting. Qachonki siz xissiy tomondan juftingizga[biror insonga] nisbatan hayratga tushsangiz, bu hisob-kitobdan oshib o’tib ketasiz.  Bu shu tarzda keladi; ‘‘Men berayotgan narsa muhim emas, men olayotgan narsa muhimroq’’. Munosabat agar xissiy jadallikda bo’lsa juda go’zal olib boriladi. Xissiy jadallik tushib ketgandan keyin esa bu berish-olish jarayoniga aylanib qoladi. Siz o’z ishingizda, yoki qo’shnilar bilan yoki umuman juda ko’p boshqa insonlar bilan berish-olish munosabatida bo'lasiz. Ammo bu o’tkazmalar vaqtinchalik, Biroq nikohda bu o’tkazma doimiy. Shuning uchun tabiiy holda, qaysidir vaqtda, siz o’zingizni [sherigingiz tomonidan] foydalanilgandek xis qilasiz. Bu narsa kirib kelishi bilanoq, munosabatlarda janjallar, kelishmovchiliklar, tortishuvlar boshlanadi. 

Faqat sevgi lahzalaridagina erkak va ayol haqiqatda ham birga bo’la oladi. Qachonki sevgi bu yerda bo’lmasa, hammasi juda qiyin. Buning jismoniy va xissiy tomonlari, olish va berish boshqa tomonlari qiyinchilikka aylanadi. Ayniqsa, bu yerda tana ham ishtirok etayotgan bo’lsa, juda oson tarzda biri ikkinchisi tomonidan foydalanilayotganday xis qiladi. Agar bu faqat pul, uy-joy haqida bo’lsa, bu yerda ba’zi kelishuvlar bo’lishi mumkin, ‘‘Mayli sen uyning bu qismidan foydalan, men bu qismini olaman’’, ‘‘Sen ovqat qil, men pul olib kelaman’’. Ammo tana ishtirok etishi tufayli, biri o’zini foydalanilayotganday  xis qilishi juda oson bo’ladi, shunday qilib bu yerda tortishuv boshlanadi.



Report Page