EMOTSIYALAR. MUNOSABATLAR.
5-QISM
Sevgi bu siz qiladigan nimadir emas. Sevgi sizning holatingiz. U sizning sifatingiz. Agar siz sevgini o’z sifatingiga aylantirsangiz, keyin munosabatlar umuman boshqa ko’rinishdagi istaklarga ko’ra yuz bera boshlaydi. Bugun, afsuski, ‘‘munosabat’’ deganda, g’arbda odamlar darhol tanaga asoslangan munosabatlarni tushunishadi. Xindistonda ‘‘munosabat’’ deganda, biz ona, ota, aka-opa, do’stlarni tushunamiz. Ammo bugun, xatto Xindistonda ham, barcha shaxarlashgan, g’arblashgan yoshlar munosabatni tanaga, jinsiy aloqaga asoslangan narsa sifatida tasavvur qilishadi. Bu juda ham afsuslanadigan holat. Siz ham [kundalik hayotda] tanaga asoslangan munosabat haqida gapirasiz, qaysiki, eng yuqori darajada yaqinlik va nizolar yuz beradigan tanaga-asoslangan munosabat haqida. Juda ko’p, hamma emas, ammo juda ko’pchilik turmish qurgan juftliklar, agar ularning bolalari bo’lmasa, turmushining besh yoki olti yilidan keyin, ularning munosabatlari parchalanib ketadi, yoki hech bo’lmaganda, ma’nosiz bo’lib qoladi. Ular bir-birlari uchun yarim-o’lik insonga aylanib qoladilar. Munosabatlarni saqlab qoladigan juftliklar ham bor, ammo juftliklarning juda ko’pchiligi munosabatlari parchalanadi.
Hayotingizga bola kelganida, u bilan kelgan quvonch bilan, siz o’z-o’zidan kulishni boshlaysiz, kuylaysiz, bola bilan birga emaklaysiz, boshqa vaziyatda siz hech qachon qilmaydigan ishlarni qilasiz. Hayotingiz sizga yana qaytib kelgandek bo’ladi. Ammo bolalar katta bo’lgani sari ular o’z hayot yo’llarini topishni boshlaydi, va u sizga yoqmaydigan nimadir qilsa, siz darxol ‘‘Men sen uchun nimalar qilganimni bilasanmi?’’ deysiz. Yo’q, yo’q— siz mana shu bola tufayli hayotingizni qaytib olgan edingiz. Ammo endi siz undan da’vo qilyabsiz ‘‘Men sen uchun nimalar qildim!’’ Bu mutlaqo noto’g’ri yondashyabsiz.
Bu har bir munosabatda bo’lyabdi. Ular sizning bo’shliqlaringizni to’dirayotgani haqida o’ylash o’rniga, siz ular uchun katta ish qilayabman deb o’ylaysiz. Qayerdadir, nimadir noto’g’ri ketsa, ‘‘U bunga javobgar’’ deysiz. Siz unga barmog’ingizni bigiz qilgan paytingiz, mana shu yomon munosabatning boshlanishidir.
Munosabatlar odamlar haqidadir. Turli munosabatlar turlicha olib borilishi kerak. Ammo sevgi bu boshqa inson haqida emas. Bu munosabatga xos narsa emas. Siz shunchaki hamma narsaga nisbatan mexrli bo’lishingiz mumkin, va bu butun borliq bilan shunday bo’lishingiz kerak. Chunki bu mavjudlik haqida emas, bu sizning mavjud bo’lishingiz haqida. Siz mehr-muhabbat bilan mavjudsiz va ehtiyojlarga qarab munosabatlar qurasiz.
Siz hammani yaxshi ko’rsangiz ham, har bir odam bilan bir xilda munosabat qura olmaysiz. Kim bilandir o’zingizni qanday tutishingiz va munosabatlaringiz qanday olib borishingiz, u inson bilan qanchalik yaqinlik qilishingizga bog’liq. Bu siz o’rganishingiz kerak bo’lgan sog’lom fikr yuritishdir, chunki bu yerda tayyor yechimlar yo’q. Ammo agar mexrli bo’lsangiz, sizning hayot tajribangiz tasavvur qilib bo’lmaydigan darajada yoqimli bo’ladi. Qanday qiling boshqa odamning ahamiyati yo’q, sababi siz ichingizda to’liq yoqimli va ajoyib holatda bo’lasiz. Bu muhim.
Agar ichingizda ajoyib bo’lsangiz, tabiiy ravishda boshqalarga ham ana shunday munosabatda bo’lasiz. Agar siz ichingizda yoqimsiz holatda bo’lsangiz, tabiiy holda boshqalarga ham shuni uzatasiz. Mana shu ma’noda, sevgi har bir inson uchun eng muhim faktordir. Sevgi, sizning emotsiyalaringiz yoqimli bo’lganini bildiradi. Agar emotsilaringiz yoqimli bo'lsa, siz tabiiy holatda mexrli bo’lasiz. Agar nimagadir qarasangiz, siz ularga mexr bilan qaraysiz— hoh bu erkak bo’lsin, hoh ayol, yosh bola, yoki daraxt, hayvonlar, qushlar, yoki shunchaki siz nafas olayotgan havo bo’lsin, mexr bilan munosabatda bo’lasiz.
Siz olayotgan havoga sevgi bilan qaray olmaysizmi? Havoning ham xotirasi bor. Agar havo uni eslab qolsa, ‘‘Bu inson meni sevadi’’ desa, u o’zini [sizning ichingizda] ajoyib tutadi. Suvni mexr bilan icha olmaysizmi? Suvning xotirasi bor. Bu ilmiy isbotlangan. Agar suv buni eslasa, mexr bilan ichingizga singadi, u sizga ajoyib ta’sir ko’rsatadi. Aks holda, u ichkariga kiradi va yoqimsiz ta’sir ko’rsatadi.
Buni sinab ko’ring— siz yeyayotgan ovqat, siz nafas olayotgan havo, siz ichayotgan suv, siz bosayotgan tuproqqa nisbatan mexrli munosabatda bo’ling.Va hayotingiz qanday o’zgarishini kuzating! Siz bog’liq bo’lgan hamma narsa o’zgaradi. Siz hamma narsa mexr bilan tegasiz, hamma narsada xotira bor. Inson bilan ham shu narsa to’g’ri? Ba’zi kichik vaziyatlarda, xatto ko’chadagi begona odam bilan, agar unga mexr bilan munosabatda bo’lsangiz, keyin uni yillar o’tganidan keyin ko’rganingizda, u sizga ma’lum yoqimli holatda javob qaytarmaydimi? Shunday qilib sevgi munosabatga xos narsa emas. Sevgi bu sizning sifatingiz. Hammasidan ham sizning mavjudligingiz yoqimli va go’zal bo’lishni boshlaydi va mana shu eng muhim narsadir.
t.me/alruwhania