EKOLOGLAR QASHQADARYO BO‘YLAB AMALIYOTDA

EKOLOGLAR QASHQADARYO BO‘YLAB AMALIYOTDA


Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalari universitet rektorining 92-02-T raqamli buyrug‘iga asosan boy landshaft  va tog‘ ekotizimlarida olingan nazariy bilimlarini yanada mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va mustaqil kasbiy amaliy faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz va Kitob tumanlarida malakaviy amaliyotini o‘tamoqdalar. Hudud tabiatining bio-xilmaxiligi va tur tarkibining boyligi amaliyotini yana qiziqarliroq o‘tishida xizmat qilmoqda.

Amaliyotni dastlabki kuni Buxoro-Shahrisabz yo‘nalishida tabiatni kuzatish, cho‘l ekotizimlaring chala cho‘lga xos xususiyatga ega bo‘lgan ladshaftlarga almashinishi, tog‘li hudularga yaqinlashgan sari balandlik mintaqalarining namoyon bo‘lishi talabalar tomonidan qayd etib borildi. Shahrisabz shahriga etib kelgach amaliyot rahbarlari tomonidan amaliyotni o‘tkazish borasida kerakli va zarur tavsiyalar berildi.

Shahrisabz –Mingchinor yo‘nalishda o‘tkazilgan amaliyot davomida Mingchinor botig‘i, CHaqalikalon va Qoratepa tog‘larining janubiy yonbag‘irdagi o‘simliklar olami va hayvonot dunyosining tabiiy yashash muhiti va inson ta’sirining oqibatlari o‘rganildi va tahlil qilindi.

Shahrisabz-Miroqi yo‘nalishi bo‘ylab o‘tkazilgan amaliyot yana qiziqarli va tasurotlarga boy bo‘ldi, chunki ushbu hudud Ekoturizmni rivojlantirish imkoniyatlari keng bo‘lgan hududlardan biri sanaladi. Ayniqsa, Hisor tog‘ tizmasining shimoliy va g‘arbiy yonbag‘rida joylashgan Hisorak suv ombori, Qashqadaryoning irmoqlari bo‘lgan Oqsuv va Qora suv daryolarining joylashuvi hudud tabiatining bio xilma-xiligini boyishiga xizmat qilgan. Talabalar ushbu huduni o‘rganish jarayonida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Shahrisabz-Kitob-Varganza- Hazrati Bashir yo‘nalishidagi Qashqadaryo vodiysining yuqori qismi bo‘ylab o‘tkazilgan amaliyot davomida hududning o‘ziga xos tabiati, adir mintaqasidan foydalanish imkoniyatlari, daryo suvlarining taqsimlanishi va ulardan oqilona foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, Hazrati Bashir ziyorat turizimi ekoturizim bilan birgalikda olib borilishi talabalar tomonidan o‘rganildi.

Dunyodagi 5 ta kenglik stansiyalaridan biri hisoblangan Kitob kenglik stansiyasi (39 gradus 08 minut janubiy kenglikda joylashgan) talabalarda o‘zgacha tasurot qoldirdi. Kechki soat 22:00 dan keyingi teleskopdagi kuzatishlar natijasida Oy va uning kraterlari hamda yulduzlarning joylashishi talabalar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatildi, Iqlim o‘zgarishlariga ta’sir etuvchi omilar haqida ma’ruza tinglandi.

Malakaviy amaliyot davom etmoqda, keyingi yo‘nalish Samarqand vohasi........


Report Page