EKOLOGIK MUAMMO — GLOBAL MUAMMO

EKOLOGIK MUAMMO — GLOBAL MUAMMO


Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Birlashgan Millatlar Tashkilotining 78-sessiyasida so’zlagan nutqida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy masalalalardan tashqari butun dunyoda kelib chiqayotgan global ekologik muammolar va uning salbiy oqibatlari haqida o’z fikrlarini bildirdilar.

Global ekologik muammolar insoniyat hayotiga sezilarli darajada xavf to’g’dirib, hozir butun dunyoda quyidagi ekologik muammolar mavjuddir.

• Atmosfera havosining ifloslanishi;

• Iqlim o’zgarishlarining kelib chiqishi ;

• Toza ichimlik suvining kamayishi va suv tanqisligining kelib chiqishi;

Uchinchi ming yillikda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiat va jamiyatdagi ekologik muammolarni bartaraf etish masalalari muhim davlat ahamiyatiga ega bo’lgan masalalardan hisoblanib, mavjud ekologik muammolarni hal etishning asosiy yo’nalishlari Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi, vazirliklar, idoralar hamda davlat tomonidan qabul qilingan ilmiy, atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha milliy, biologik xilma-xillikni saqlash bo’yicha milliy strategiya va harakat rejalarida o’z aksini topishi lozim.

Barqaror taraqqiyotga erishish uchun har qanday mamlakat yoki jamiyatda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik barqarorlik omillarining bir vaqtdagi muvozanatli ijobiy o’zgarishi talab etiladi. Butun dunyo xalqlarini iqtisodiy taraqqiyot, moliyaviy rivojlanish bilan atrof-muhitning global darajadagi tanazzulini oldini olish, tabiatdagi ekologik fojealarni kelib chiqishiga yo’l qo’ymaslik masalalarini ijobiy hal qilishlari, jamiyatdagi barqaror rivojlanish va barqaror taraqqiyot jarayonini ta’minlab beradi. 

SHAMSIDINOVA GULCHEXRA DO’STMURODOVNA,

BIOLOGIYA FANLARI NOMZODI, DOTSENT


Report Page