EKOLOG
AloqaBank✅ Asosiy vazifalar:
Atrof-muhitga ta’sirni baholash (OVOS) hujjatlarini tayyorlash;
Ekologik hisobotlar, tahlillar va monitoringni yuritish;
Davlat organlariga o‘z vaqtida ekologik hisobotlarni topshirish;
Qonunchilik va normalarga muvofiqlikni ta’minlash, ekologik ruxsatnomalar va litsenziyalar bilan ishlash;
- Xavfli moddalar va chiqindilarni xavfsiz boshqarish va utilizatsiya qilish jarayonlarini nazorat qilish;
- Xodimlar uchun ekologik xavfsizlik bo‘yicha treninglar tashkil etish, jamoatchilik bilan ishlash (zarurat bo‘yicha);
- Yashil hududlarni barpo etish, ekologik audit, ekspertizalarda ishtirok etish;
- ISO 14001 kabi xalqaro standartlarni joriy etishda qatnashish, bankning ESG va ESMS siyosatini shakllantirish;
- IFRS S1/S2 hisobot shakllarini yuritish, moliyalashtiriladigan loyihalarning ekologik ekspertizasini o‘tkazish;
- Loyihalar joyiga borib ekologik baholashni amalga oshirish.
🎓 Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish yoki shu sohalardagi oliy ma’lumot;
- O‘zbek tilini mukammal bilish, Ingliz tili (kamida B2) darajada, rus tili afzallik beradi;
- Atrof-muhitga ta’sirni baholash (OVOS) bo‘yicha ish tajribasi;
- Excel va ma’lumotlar bazalari bilan erkin ishlay olish;
- O‘zbekiston ekologiya sohasidagi amaldagi qonunchilikni chuqur bilish;
- Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari va institutlari bilan ishlash tajribasi afzallik hisoblanadi;
- Xizmat safariga tayyorlik (respublika bo‘ylab).
💼 Biz sizga taklif qilamiz:
- Qulay, zamonaviy ofis va qulay joylashuv;
- Martaba o‘sishi va professional rivojlanish imkoniyatlari;
- Do‘stona va ahil jamoa;
- Raqobatbardosh ish haqi – suhbat asosida kelishiladi.