Эссе: Лайло Гуломова
TROLL.UZMen G'ulomova Laylo G'ulom qizi Toshkent Arxitektura va Qurilish instituti Menejment yo'nalishi 1-kurs talabasiman. 2002-yil 1-fevralda Urganch shahrida tug'ilganman .
17 yoshimdayoq Toshkent Arxitektura va Qurilish institutiga o'z bilimlarimga tayanib to'lov shartnoma asosida o'qishga qabul qilindim. Yaxshi bilasizki, hamma sohalar qatori arxitekturada ham shaxsiy kompyuteringiz bo'lishi zarur. Darsdagi topshiriqlarni bajarish, qo'shimcha internetdan ko'proq bilim orttirishda smartphone lardan ustun turgani kabi, bino va inshootlar chizmalarini chizish uchun kompyuter juda qulay. Jahondagi ta'lim tizimidan ortda qolmaslik uchun men ko'proq darsliklardan tashqari ishonchli manbalardan yangi o'zgarishlar,qurilishdagi samarali usullar va boshqa ma'lumotlar olib, o'z ustimda ishlashga harakat qilaman. Institutimiz kutubxonasidagi kompyuterlardan foydalanish uchun vaqtim chegaralanganligi, asosiy vaqtim uyda o'tayotganligi va shaxsiy kompyuter orqali yanada ko'proq narsalarni o'rgana olishimga ishonib, sizlarga menga kompyuter olishda yaqindan ko'mak bera olishga qodir, saxovatli insonlarga murojaat qildim. Karantin davrida online ta'lim olishim uchun kompyuter menga juda zarurdir.
11 yillik maktab davrimda ko'pgina yutuqlarga erishdim .
Ulardan eng asosiylari:
9-sinfni " A'lo darajadagi Shahodatnoma",
11-sinfni "Oltin medal"ga bitkazganimdir.
Nemis tiliga bo'lgan qiziqishim tufayli, bu tilni chuqur o'rgandim.
2018-yil Germaniyaning Frankfurt shahrida 3 haftalik yozgi kursda qatnashish uchun stipendiya yutib oldim va avgust oyida Frankfurt shahriga sayohat qilib, til kursida qatnashdim.
2019-yil 29-may kuni
Germaniya Federativ Respublikasi Bundesprezidenti Frank Walter Steinmeierning yurtimiz O'zbekistonga, aynan ona shahrim Urganchga tashrifi davomida biz yoshlar bilan uchrashdi, shu jumladan men bilan ham. Unga o'zimni qiziqtirgan savollarni berdim va shaxsan muloqot qildim .
Bulardan tashqari, Xalq ta'limi vazirligi tomonidan o'tkazilgan turli xil musobaqalarda, Toshkent shahridagi Goethe-Instituti va Germaniya Elchixonasi tomonidan o'tkazilgan turli tanlovlar va seminarlarda qatnashib, faxrli o'rinlarni olganman.
Endilikda maqsadlarim juda ham ko'p.
Asosiysi shu paytgacha erishgan yutuqlarimni endilikda Jahon miqyosida davom ettirish. Buning uchun muhimi butun dunyo ta'lim tizimi, siyosati ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarish va yangiliklarini bilib, chuqur o'rganib borishim zarurdir.
Ishonchim komilki o'zimga ishonch bilan qo'ygan maqsadlarimga erishishimda sizlar amaliy yordamingiz orqali o'z xissangizni qo'shasiz .
Va'da beraman demayman, to'g'ri tuzilgan rejalarim natijasi, albatta, yurtimiz O'zbekistonning yaqin kelajagida yaqqol ko'rinib turadi.
To'g'oni buzilmaydigan davlatda,

qulay loyihalashtirilgan uylarda,

yurtimizning go'zalligi, tabiati boyligi o'zgacha ochib berilgan bo'g'larda

mustahkam ko'priklaridan ishonch bilan o'tib,

sifatli qurilgan xonadonlarda

yashashni xoxlayman va buni sizga ham tavsiya qilaman!
Eng yaxshi sarmoya, bu - ta'limga qilingan sarmoyadir!
Ajratgan vaqtingiz va ishonchingiz uchun minnatdorman!