“E-qaror” orqali 7 oy davomida 100 000 dan ortiq qarorlar qabul qilindi
Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiO‘tgan yilning 18-fevralida respublikamiz tarixida ilk bor hokim qarori Qashqadaryo viloyat hokimi tomonidan elektron shaklda “E-qaror” tizimi orqali qabul qilingan edi.
Adliya vazirligi tomonidan respublika bo‘yicha jami 11 000 dan ortiq hududiy davlat organlari xodimlarini “E-qaror” elektron tizimiga ulanishi ta'minlandi.
Tizim 2021-yil 1-iyuldan respublikadagi barcha hokimliklar faoliyatiga to‘liq joriy etilgan.
Mahalliy davlat hokimiyat organlari tomonidan “E-qaror” elektron tizimi ishga tushirilgandan so‘ng 7 oy davomida 100 000 dan ortiq qarorlar qabul qilindi.
“E-qaror” elektron tizimini respublikamizning barcha hokimliklarida joriy etish orqali:
– 100 mingdan ortiq hokim qarorlari birorta qog‘oz ishlatilmasdan elektron tarzda qabul qilindi, jumladan kelishish jarayonlari ham (o‘rtacha 800 mingta qog‘oz tejaldi);
– hokim qarorlarini ishlab chiqish va tegishli tashkilotlar bilan kelishishga ketadigan vaqt sezilarli darajada qisqardi (25-30%);
– qabul qilingan hokim qarorlari bilan barcha fuqarolarda tanishish imkoniyati yaratildi hamda hokim qarorlari ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatildi;
– hokimliklar faoliyati va ish yurituvi shaffoflashdi;
– sohaga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari joriy etilishi natijasida hokimlik qarorlari soxtalashtirilishini oldi olindi;
– qaror loyihalarini hokimga imzolash uchun yuridik xizmatni chetlab o‘tgan holda kiritish imkoniyati bartaraf etildi.
Adliya vazirligi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish va e'lon qilish jarayonlarining doimiy monitoringi olib borilmoqda.
Monitoring natijalariga ko‘ra qonunchilik hujjatlarining buzilishi aniqlanganda aybdor shaxslarga nisbatan tegishli ta'sir choralari qo‘llanilib boriladi.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi