“E-auksion” elektron savdo platformasida “mahalla yettiligi” tavsiyasi bilan yoshlar ro`yxatini shakllantirish tartibiga bag`ishlangan seminar o`tkazildi.

“E-auksion” elektron savdo platformasida “mahalla yettiligi” tavsiyasi bilan yoshlar ro`yxatini shakllantirish tartibiga bag`ishlangan seminar o`tkazildi.

Javohir Botirov

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek yangi yer maydonlarini o`zlashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-son qarori ijrosi yuzasidan seminar tashkil etildi.

Qarorda jami 60 ming, shundan Xorazm viloyatida 3 ming gektar yerni elektron onlayn-auksion orqali “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro`yxatga kiritilgan yoshlarga berilishi belgilangan.

Qaror ijrosini muddatida va sifatli ta’minlash maqsadida 2024-yil 9-aprel kuni “E-auksion” elektron savdo platformasida “mahalla yettiligi” tavsiyasi bilan yoshlar ro`yxatini shakllantirish va yoshlarni savdoga qatnashishini ta’minlash masalalari bo`yicha Xonqa tumanida Iqtisodiy soha vakillari, “mahalla yettiligi” hamda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ xodimlari ishtirokida o`quv-seminari tashkil etildi.

Seminarda “E-auksion” elektron savdo platformasida “mahalla yettiligi” tavsiyasi bilan yoshlar ro`yxatini shakllantirish tartibi va yoshlarni e-auksion.uz elektron sahifasidan ro`yxatdan o`tish, savdoda turgan lotlarga ariza berish va auksion savdolarida qatnashishi tartibotlari to`g`risida hamda ma’lumotlarni to`g`ri kiritishi haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, PQ-153-son qarorining 1-ilovasida ko`rsatilgan 13 ta toifaga kiradigan yoshlardan tashqari fuqarolarni ro`yxatga qo`shmaslik, jarayonda suiste’molchilik hollarini oldini olish va bunday holatlar kuzatilsa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan javobgarlikka tortilishi mumkinligi mas’ullarga tushuntirildi.


Ruslan Kuryazov

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ Xorazm viloyati hududiy vakili.

Report Page