E ‘ L O N !

E ‘ L O N !


O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi bo‘sh bo‘lgan lavozimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘gʼrisida”gi Nizom talablari asosida ichki ishlar organlariga qabul qilish uchun tanlov eʼlon qiladi.

Tanlovda ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tassarufidagi Jazoni ijro etish koloniyalari hamda Tergov hibsxonalarida bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlar boʼyicha qabul qilinadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo hamda Navoiy viloyatlarida doimiy ro‘yxatda turuvchi fuqarolar qatnashishi mumkin.

 Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar (erkak) 2023-yilning 30-oktyabr kuni soat 09.00 dan 17.00 gacha Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga ilovada ko‘rsatilgan namunadagi (quyida ilova qilingan) hujjatlarni asli hamda nusxalari bilan murojaat etishlari mumkin:

1. Fuqarolik pasporti;

2. Harbiy guvohnoma;

3. Oliy taʼlim muassasasini yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjat (diplom) yoki sirtqi taʼlim bo‘yicha tahsil olayotganligi to‘gʼrisida maʼlumotnoma;

4. Doimiy yashash joyi boʼyicha ro‘yxatga olingan joydan belgilangan namunadagi sogʼligʼining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘y parametri ko‘rsatilgan holda, 086-forma gerbli muhri bilan).

 Nomzodlarga qoʼyilgan talablar:

 - O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

- IIV Akademik litseylar hamda oliy maʼlumotga ega yoki oliy ta’lmning sirtqi taʼlim bo‘yicha tahsil olayotgan boʼlishi;

 - erkak (o‘gʼil bola) boʼlishi;

- yoshi 30 yoshgacha (30 yoshdagilar ham) bo‘lishi;

- bo‘yi 165 sm va undan yuqori boʼlishi;

- Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi.

 Belgilangan kundan (30 oktyabr) oldin yoki keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.

 Murojaat uchun telefon: 71-231-53-91

 Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Bog‘zor qo‘rg‘oni, Sadoqat bog‘i.



Report Page