E ‘ L O N !
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tizimlaridagi bo‘sh bo‘lgan serjantlik lavozimlariga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil
15 apreldagi PQ-5076-son “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakulteti orqali ichki ishlar organlariga qabul qilish uchun tanlov eʼlon qiladi.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tassarufidagi Jazoni ijro etish koloniyalar, Manzil-koloniyalar hamda Tergov hibsxonalarida boʼsh boʼlgan serjantlik lavozimlar boʼyicha o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etmoqchi boʼlgan fuqarolar (erkak) 2026 yilning 30-iyun kunidan
2026 yil 30-iyul kuniga qadar soat 09.00 dan 17.00 gacha Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga ilovada koʼrsatilgan namunadagi hujjatlarni asli hamda nusxalarini koʼrsatgan holda murojaat etishlari mumkin:
1. Ariza;
2. O‘zi hamda yaqin qarindoshlari fuqarolik pasporti yoki ID kartasi (asli hamda nusxalari bilan)
3. Harbiy guvohnoma;
4. Oliy taʼlim muassasasini (moliya, qishloq xo‘jaligi, qurilish ta’mirlash hamda gumanitar fanlar yo‘nalishi bo‘yicha) yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjat (diplom);
4. Doimiy yashash joyi boʼyicha roʼyxatga olingan joydan belgilangan namunadagi sogʼligʼining holati haqida maʼlumotnoma (boʼy parametri koʼrsatilgan holda, 086-forma).
Nomzodlarga qoʼyilgan talablar:
- Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi boʼlishi;
- Oliy taʼlim muassasasini yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjat (diplom);
- erkak (oʼgʼil bola) boʼlishi;
- yoshi 18 yoshdan kichik va 30 yoshdan katta bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari boʼlishi;
- boʼyi 165 sm va undan yuqori boʼlishi;
- Muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan bo’lishi; (zahiradagi ofitserlar tarkibi qabul qilinmaydi).
Belgilangan kunlardan (2026 yil 30-iyun kunidan 2026 yil 30-iyul) oldin yoki keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar roʼyxatiga kiritilmaydi.
Murojaat uchun telefon: 71-231-53-91
Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Bog‘zor qo‘rg‘oni Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti binosi.