Eʼlon, aholi hamda tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!

Eʼlon, aholi hamda tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!

Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi Matbuot xizmati

Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga ko‘ra, joriy yilning 1-aprelidan boshlab chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinishi bekor qilinadi.

Mazkur tartibni joriy etilishi bo‘yicha masʼul Soliq organi tomonidan berilgan tushuntirishga ko‘ra, xizmat ko‘rsatuvchi korxona tomonidan ko‘rsatiladigan sanitar tozalash xizmatlari qiymatiga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanadi.

@sanitationuz

Yaʼni, masalan amaldagi xizmat qiymati 4000 so‘mni tashkil etsa, ushbu qiymatga nisbatan 1-apreldan boshlab 12 foiz miqdorda qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanganda jami xizmat qiymati 4480 so‘mni tashkil etadi.

Yuqoridagi o‘zgarish Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 891-son Qonuniga koʻra amalga oshiriladi.

Maʼlumot uchun: amaldagi xizmat qiymati 4000 so‘m × 12% qo‘shilgan qiymat solig‘i = 4 480 so‘m.

Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi Matbuot xizmati



Report Page