Dzyudo: terma jamoamiz Yevropa Ochiq chempionatida qatnashadi

Dzyudo: terma jamoamiz Yevropa Ochiq chempionatida qatnashadi


Shu yilning 5-6-mart kunlari Chexiya poytaxti Praga shahrida dzyudo bo‘yicha Yevropa Ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi.


Unda dunyoning 5 qit’asidagi 42ta mamlakatdan jami 548 nafar (shundan 328 nafari erkak, 220 nafari esa ayol) sportchi g‘oliblik uchun bahs olib boishradi. Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi dzyudochilari ham medallar va qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi.


Yevropa Ochiq chempionatida terma jamoa murabbiylar shtabi asosan yosh va umidli sportchilarni sinab ko‘rishga qaror qildi. Bugun tunda delegatsiyamiz a’zolari Praga shahriga jo‘nab ketishdi.


Chexiyaga yo‘l olgan terma jamoamiz tarkibi:

Ayollar

-48 kg: Halimajon Qurbonova,

-57 kg: Shukurjon Aminova,

-57 kg: Nilufar Yermaganbetova,

-63 kg: Sevinch Isoqova,

-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva,

+78 kg: Fotima Quramboyeva,


Erkaklar

-60 kg: Otabek Otanazarov,

-66 kg: Rahimjon Subhonov,

-81 kg: Ramazon Allaberdiyev,

-100 kg: Bahrom Rajabov,

+100 kg: Shohruh Baxtiyorov,

+100 kg: O‘tkirbek To‘raboyev.


Report Page