Dzyudo: Osiyo chempionatining ilk kunida 9 ta medal qo‘lga kiritdik, shundan 5tasi OLTIN!

Dzyudo: Osiyo chempionatining ilk kunida 9 ta medal qo‘lga kiritdik, shundan 5tasi OLTIN!


Xabar berganimizdek, kecha Livan poytaxti Bayrut shahrida o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo-Okeaniya chempionatining birinchi kungi bahslari bo‘lib o‘tdi. Va aytish lozimki, musobaqaning ilk kuni vakillarimiz uchun omadli keldi.


Kecha o‘smirlar o‘rtasida jami 8ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Quvonarli jihati, dzyudochilarimiz 8ta vazn toifasida o‘tgan bellashuvlarda 9ta medal qo‘lga kiritishdi. Shundan 5 tasi oltin, 3 tasi kumush va bittasi bronza medalidir.


O‘z vazn toifalarida Suhrob Po‘latov (-60 kg), Elbek Tojiyev (-66 kg), Laziza Haydarova (-40 kg), Ulbusin Hakimova (-44 kg) va Muhayyo Ahmatova (-48 kg) Osiyo chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘lishdi.


Zamohshari Bekmurodov (-55 kg), Sardor Himmatov (-60 kg), So‘g‘diyona Rafkatova (-52 kg) esa kumush, Fazliddin Shokirov (-50 kg) bronza medalini qo‘lga kiritishdi.


Dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo-Okeaniya chempionati davom etmoqda va biz bugungi bellashuvlarda ham yosh sportchilarimizga omad tilaymiz.


Report Page