"Dunyoviy baxt"

"Dunyoviy baxt"


Savol:


Dunyodagi hamma narsaga ega bo'lsam ham, ichimda baxt yo'q. Naqadar g'alati, shu baxtsizligimning sababini topa olmayapman. Nima qilishimni kerakligini aytolasizmi?


Oshodan javob:


Dunyoviy mazmun bilan to'lib-toshib baxtli ekanligini aytadiganlar, odatda, ana shu baxtning aslida chiroqning shu'lasiga o'xshab o'chadigan, yolg'on ekanligini his etishadi, anglashadi. Dunyoviy baxtli bo'lmagan odam buni anglolmaydi.

Baxtsiz yashayotgan odam, agar dunyoda baxtga ega bo'lsam, hayotim yaxshi bo'ladi deya, bir umid bilan kun kechiradi. Baxtsiz odamning nazdida baxt deb atalguvchi narsa hech qachon to'laqonli emas. Bunday odamning ko'zida umidning alangasi doim yonib turadi.

Shunda mendan eshiting: Faqat dunyoviy tomondan qanoatlanadigan odamgina ma'naviy izlanishga kirishishi mumkin.


Dunyoviy qoniqishlarga ega bo'lganingizdan keyin ham agarda ichingizda baxt hissini topa olmasangiz, demak "bu dunyoda" hech qanday haqiqiy qoniqish yo'qligini hisobga olishingiz kerak.

Siz hamma narsani tashqarida to'play olasiz - pulni, boylikni, qudratni. Ammo sizning sarobingiz butunlay chil-chil bitadi, orzu-umid kuyadi, niqobingizni yechsangiz, uning ostida hech narsa yo'qligini, ichkarida esa bo'shliq borligini ko'rasiz. Albatta xafa bo'lasiz.


Dunyoviy jihatdan hamma narsaga ega bo'lgan odamning dardi shundaki:

"Axir, endi bu nima?

Men istagan narsam bu emas.

Hammasiga ega bo'ldim, pul, qudrat, e'tibor, oila... Men to'laqonli baxtli bo'lishim kerak edi. Shirin orzuyim shu edi. Hali baxtli emas edim, chunki menga bular yetishmayotgandi. Nega endi baxtli emasman? Nega rozilik yo'q!"


Sarobingiz so'nib, haqiqat yuzaga chiqdi. Siz baxtsizligingizni yo'qotish uchun kerak deb o'ylagan narsalar, aslida haqiqiy emas edi. Agar sizda hamma narsa bo'lsa, baxtli bo'lishingizga ishongan edingiz. Barchasiga ega bo'lsangiz ham, lekin baxtli emassiz. Demak, sizning baxt haqidagi tushunchangiz noto'g'ri ekan. Baxtli bo'lish uchun ichki dunyoda biron narsa uyg'onishi kerak.


Dunyoviy shartlarni bajarish bilan rozi bo'lish mumkin emas.

Qoniqishning paydo bo'lishi uyg'onishdan kelib chiqadi. Qoniqish faqat Xudo bilan uchrashuv orqali keladi. Va Xudo sizning ichingizda, lekin doimo tashqarisida izlaysiz. Siz Unga orqangizni berib qo'ygan edingiz. Hattoki Xudo izlashga tushsangiz, tashqaridan izlaysiz,

Ka'shi, Ka'bani yoki Kailashda. Xudoni izlayotgan bo'lsangiz, ibodatxonaga, masjidga yoki gurudvaraga borasiz...

Lekin qachon ko'zingizni yumib, ichingizga qaraysiz?

Qachon ichingizdagi izlovchini qidirasiz?


O'z ichingizdagi uyg'onish bilan tanishing. Ildizlaringizni mustahkamlang. Uni tanib oling va bilib oling. Bu tanishuv bilan haqiqiy qanoat keladi.


Dunyoda hech qanday qanoat topilmaydi, bu hali hamon topilmagan, topilmaydi ham.

Qoniqish faqat ichki dunyodagi yashirin murshidingiz bilan birlashganda sodir bo'ladi.


Xudo bilan tanishib chiqing, U bilan aloqa o'rnating, ishqiy aloqani yarating, sevgi ipi bilan Unga ulaning.

Agar Uning tarafidan birozgina sevgi ipi bo'lsa ham, azaliy baxt yomg'iri yog'iladi. Siz hali dunyodagi barcha narsaga ega bo'lishingiz ham bu mumkin emas edi, lekin samadhida buni bir on ichida topasiz.


Boylik ichingizda. Siz boylik bilan dunyoga keldingiz. Rozi bo'lish - bu sizning haqiqiy tabiatingiz. Qoniqishni qidirish shart emas. Qoniqishda hech qanday tashqi shart yo'q, chunki bu ichki tabiatdan. Ichki Rozi bo'lish tabiiy hodisadir.


Xuddi olov issiq bo'lgani kabi, insonning tabiati - baxtga to'lishdir. Baxtli odamni ko'rsangiz - bu oddiy inson. Agar siz baxtsiz odamni ko'rsangiz, uning ichida muammo bor deb bilasiz.

Baxtli inson oddiy yashaydi. Xuddi qush o'z ashulasini aytgandek.

Bu oddiy holat, hech qanday g'ayritabiiy emas.


Inson baxti bu tabiiy hodisadir. Xuddi daraxtlar yashil, gullarda hidi bo'lganidek va osmonda qushlar uchganidek, inson baxti ham ana shunday tabiiy hodisadır. Biz buni "Sat-Chit-Ananda" deb ataymiz: Borliq, ong va baxt.

Borliq bu doimo barqaror,

Ong - bu fikr, uyg'onish, meditatsiya(chuqur o'ylanish),

Va baxt-shodlik esa bu latofatdir.

Meditatsiya bilan band bo'lgan odamda

Baxt-shodlikning hidini his etish boshlanadi.


Qoniqish bu - sizda nima bor, nima yo'qligiga qaramay, bu sizning o'zingiz kimligingizga bog'liq. Necha xil xazina to'plagan bo'lsangiz ham, aynan o'sha xazinalar sizning asabingizni buzishi mumkin, ammo rozi bo'lishni oshirmaydi. Albatta, ular bilan qoniqish yanada kamayadi, lekin ularning rozilikni yuksaltirishga hech qanday aloqasi yo'q.


Men sizga mol-mulkingizni tashlab ketishni yoki uydan qochib ketishni, yoki biznesingizdan voz kechishni taklif qilmayapman, meni noto'g'ri tushunmang. Yaxshilik shundaki u hech narsa mol-mulkingizni tashlab ketish orqali, qochib ketish orqali yoki ularni tutib turish orqali qo'lga kiritilmaydi.

Shunchaki o'zingiz bo'lib qoling,

lekin ichkarida o'zingizni izlashga kirishing. Tashqarida ko'p yurgansan, endi ichingga qayt. Endi ana o'sha narsani tanish orqali hamma narsaga erishasan va barcha istaklaring tezda ro'yobga chiqadi.

©️Osho

"O'l, ey Yogi" kitobidan.

@Paruk_Pilo


Report Page