Dunyoqalbli shoira

Dunyoqalbli shoira



Mardona Mirkamol qizi - o‘zbek adabiyotiga (balki jahon adabiyotiga ham) tik kirib kelgan vijdonli ijodkor. Yigirma birinchi bahorni qarshilagan shoira she’r, maqola va hikoyalar yozadi. Yozganda ham qalb qo‘rini yondirib, g‘aflat tinchini buzib, so‘z sinchini topib yozadi. Mardona opaga hech kim majburlab narsa yozdirolmaydi. Faqat dil amri va vijdon yo‘llanmasi bo‘yicha yashaydi. Maddohlik, habarakallachilik, yolg‘onu ta’ma qasdida qalam yurgizganini ko‘rmaganman. Adabiyotda sochi oqarsa-da, uni hamon mansab, mukofot va moddiy boylikka eltguvchi vosita deb bilayotgan so‘z chayqovchilaridan farqli o‘laroq Alloh bergan ilhomdan hech narsa ta’ma qilmaydi. Barcha kamtar ijodkorlar kabi yozgani bilan xalqqa foyda keltirishni o‘ylaydi.

Adabiy davralarda kamnamoligi ham kibrdan emas, balki qanoatdan. Minbar “propiska”siga o‘tib olgan notiqlardan yuz burib, o‘z minbarini matbuotga o‘rnatgan. Mayli-da! So‘zlarimda mubolag‘a izlari yo‘q. Kumush Abdusalomovaday ijodkorni o‘stirgan Toshkent viloyati yana bir gavharni taqdim eta oladi Adabiyotga. 

O‘zingiz o‘qing, uqing. Haqiqiy bahoni muxlislar beradi!

Hurmat bilan kanal admini Otabek Bakirov 

 ***


KASHFIYOT

Chegarani bilmas yangilik,

Eski bo‘lib qolgani hayot.

Chirchiq rosti sening bag‘ringda,

Men "odam"ni qildim kashfiyot.


Atrofimda tinmagan izlar,

Qadamimni poylaganlar jim.

Musofirlik ko‘rsatdi menga,

Insonmikin ishonganlarim?


She‘rlarimga alyorlar bitgan...

Qadrim aytdi begona bir yurt.

She‘rlarimdan oldinroq o‘zim

Sen uchun ham bo‘libman unut!


Oxir bildim, soddalik qursin,

Bilarmiding dildagi dardim.

Men sarobman, afsuski afsus

Tumandayin tarqaldi qadrim.


Maddohlikdan or qilgan inson,

To‘g‘ri yo‘lni chizgan bastma bast.

Bugun o‘sha shoir-u zamon,

Maddohlikka qilmoqda havas.


Men qadrimni bildim shu yerda,

Katta darsni o‘rgatdi hayot.

Chirchiq, bugun sening bag‘ringda,

Men "odam"ni qildim kashfiyot!


Yomg'irning ostida yig'lamang aslo,

Porlagan ko'zlarga yosh yarashmaydi.

Quvonchga begona bolib qolsangiz,

G'amlarni yengishga baxt qarashmaydi.


Yomg'ir tomchisi deb aldamang meni, 

O'rtansa qalbingiz,sezadi yurak.

Behuda ketkazmang, unutmang shuni:

Baxtli kunlarda ham ko"z yoshlar kerak.


Ko'k yuzin qoplagan yig'loqi bulut,

Berkinib olmoqchi hatto tolin oy,

Samodan tomchilar tushmoqda yerga,

Yana yog'sa kerak, yomg'ir hoyna hoy.


Mayli yog'a qolsin bu kecha yomg'ir, 

Bas meni unuting qalbim tig'lamang.

Bilmaydi hech kimsa yosh to'kkanim deb,

Yomg'irning ostida boshqa yig'lamang!!!


Qachondir qaytish uchun, bugun ketish kerak!

Orifjon Odilov


Osmon - yer, yer bunda osmonday bo'lar,

Baxt qolib, armonlar ko'rsatsa kuchin.

Kimdir qalbingdan-u, kim qalbda qolar,

Sen ketib, qachondir qaytishing uchun...


Ishqning ko'ngli toza,

Ishq bor ko'ngilchi?

Dildan yurakkacha oladi o'chin.

Ishqparast odamning bari ko'ngilchi!

Sen ketib qachondir qaytishing uchun.


Boshlandimi, demak, so'nggi bor albat,

Ko'chparast ketadi ko'tarib ko'chin.

Yurak kelguningcha yozib borar xat,

Sen ketib qachondir qaytishing uchun.


Xasta yuragingda yangrar so'nggi bayt,

Kutsam qaytasanmi, qaytaman deb ayt...


Ota, bugun qishloq kirdi tushimga,

Men sizni, o‘zimni sog‘inib ketdim.

Orzu qilib kelgan tosh shaharlardan,

To‘g‘risi, zerikdim, bezib ham ketdim.


1-dekabr mendan ham avval,

Shum qorlar tabriklab qo‘yardi ota.

Qishloqda yon-atrof oppog‘u biroq,

Shaharda... qorlar ham qilarkan xato.


Ota qanotlarim bo‘lsaydi qani,

Uchib borolsaydim, ko‘chib borardim.

Ota o‘g‘il bo‘lib tug‘ilganimda,

Orzu qilmas edim, o‘tin yorardim.


Shum qorlar tabriklab qo‘ymasdi shunda!

   7:54


Bilmam bugun qalbing menga nima der,

O’rtamizda bori olis masofa.

Menda bori faqat ikki misra she'r,

Sevgi jang boshlasa, g'urur mudofa.


Kechir deyolmaysan, kechir deyolmam,

Yarash-yarashlarga yurak intizor.

Mayli ko'nikaman g'ururim bilan,

Hamdardday keladi yonimga ozor.


Ketding, qolib ketdim qo’l siltab nogoh,

Yuragim qanotsiz qolgan qush ekan.

Ko'zlarimni ochdim, xayriyat, e voh,

Tush ekan, tush ekan, bari tush ekan...


Daydi yaproq kabi kezsang ham mayli,

Bilaman shamollar bir kun ketishin...

Sen bilmay yashaysan ammo bir umr,

Ketmoq yo'llaring ham menga eltishin!


Ketmoq yo'llaring ham menga eltishin...



Kutish


Kutyapman... Oz qoldi deysan jilmayib,

Sog'inchim ichimda boshlar g'alayon.

Qo'rqdingmi? So'raysan menchi iymanib...

Havotirlarim ham sukutda ayon.


Eshik poylayabman mushtoqlik bilan,

Qo'ng'iroq ovozin kutyabman sergak.

Inson ko'karmaydi yolg'izlik bilan,

Yiqilib qolasan bolmasa tirgak.


Kutyabman, sen yo'lda qadaming ildam,

Bizni bog'lab turar shu on bir tuyg'u.

Bilaman sen uyqu emassan ammo,

Kelmasang ko'zimga kelmaydi uyqu. 


Qo'ng'iroq ovozin kutyabman sergak...


🌧💧💧💧💧💧🌧


Tomchi samolarga kelar qo'l siltab,

Yerga quchoq ochib kutib ol deydi.

Xayr deb chog'langan yuziga boqib,

Samo umid bilan men-la qol deydi


Tomchi- daydi bo'lgan sho'x sayohatchi,

Osmon bunda qolar g'arib mung'ayib.

Mening kunduzimda sen bo'lsang bo'ldi,

Umrim kitobida tun bo'lar g'oyib.


Faqat tomchi kabi siltab ketma qo'l,

Mung'ayishdan avval bo'laman ado.

Mening baxtim uchun ikki dunyoda,

Seni💧tomchi💧qilib yaratmas Xudo


Seni tomchi qilib yaratmas Xudo...

    ***


MARDONA MIRKAMOL QIZI

Report Page