Dunyo Tillari va Bilim haqida

Dunyo Tillari va Bilim haqida

Botir Bakhtiyarov

Asssalomaleikum hammaga. Bugungi Blogimni oldingi blogda aytganlarimini to’liqroq versiyasi deb hisoblasa bo’ladi. Bugun sizlar bilan Dunyo tillari va bilim haqida gaplashmoqchiman.

MUNDARIJA:
-TIL HAQIDA
-TILNING RIVOJLANISHI
-21-ASR IMKONIYATI
-TIL O'RGANISHDAN FOYDA
-INGLIZ VA XITOY TILI HAQIDA

Dunayoda minglab tillar mavjud ayrimlari hozirgi kunda o’lik til hisoblanadi. Sababi ular mavjud faqat yozuvlarda, ulardan hozirgi kunda heck kim foydalanmaydi. Ayrim tillar bo’lsa dunyo tili maqomigacha ko’tarilgan. Sababi ulardan judayam ko’plab insonlar foydanaladi. Hullas bugun shular haqida blog yozishga qaror qildim.

Eng avvalosiga Ispan, Portugal tillari haqida gapirmoqchiman. Tarixdan bilamiz-ki Ispan va Portugal kemalari dunyoning deyarli barcha yerlariga yetib borgan va o’zlari bilan birga Ispan va Portugal madaniyati va tillarini tarqatgan. Shuning uchun ham hozirgi kunda ham judayam ko’p mamlakatlarda Ispan tilida so’zlashadi yoki bo’lmasa o’zlariga ikkinchi til deb tan olishgan.


Hozirgi kungacha til va madaniyatlar mamlakatlarga bo’lgan savdo-sotiq, bosqinlar, urushlar va o’zlashtirishlar orqali tarqatilgan va rivojlantirilgan. Hozirgi kunga kelib bu usullardan eng rivojlangani Savdo-sotiq va Talaba almashinuv usuli bo’lib qoldi. Shuning uchun dunyoning ko’zga ko’ringan davlatlari o’zlarining Chet ellik talabalarni qo’llab quvvatlash markazlari ochiishgan va hozirgin kunda juda keng faoliyat yuritib kelmoqda. Agar siz ham biron rivojlangan davlatda o’qishni istasangiz avvalo o’sha davlatning tilini o’rganmay turib o’qishga kirishingiz juda ham qiyin balkida imkonsiz hamdir.


Aslida 21-asrda yashab turib faqatgina ona tilini bilish qaysidur ma’noda uyat hisoblanadi. Negaki hozir internet asrida yashab keng imkoniyatlar orasida hech birindan foydanlanmaslik qaysidir ma’noda dangasalik deb baholayman. Avvalgi blogimda aytganimdek hech bir kasbni egallamagan holingizda ham faqat tillarni bilish orqali juda ham kerakli insonga aylanishingiz mumkin.

Lekin hozirgi kunda tillar uchun alohida Universitetlar va Kollejlar ish yuritmoqda qaysiki sizlar biron til bo’yicha mutahasis bo’lishingiz mumkin. O’zimni tanishlarim orasida ham tarjimonlar bor. Ularni kunlik topadigan puli ham juda yuqori. Kimlar uchun tarjimonlik modadan qolgan kasb bo’lsa ham lekin bu hozirgi kunda juda kerak bo’moqda. Chunki shuncha suniy ong ishlab chiqarilirib rivojlantirilvotgan bo’lsa ham. Lekin inson tarjima qilganchalik tarjima qilib ma’noni yetkazib berolmaydi.


Ingliz va Xitoy tillariga qaytadigon bo’lsak. Avvalgi blogimdagi so’zlarimni qaytarmoqchi emasman. Qo’shimcha qilib shuni aytishim kerak-ki Ingliz tili shu daraja ko’p foydalanilyotganidan dunyoning barcha mamlakatlarida muloqot uchun foydalanishingiz mumkin. Kichik biznesni rivojlantirib dunyo miqyosiga olib chiqa olasiz. Savdo ishlarini olib borish uchun juda qulay til hisoblanadi va dunyoda o’rganalishi eng oson tillar ro’yhatida birinchi o’rinda. Lekin rivojlangan biznesingizni yuksaltirish ko’proq foyda kamroq harajat qilish uchun biznesingizni Xitoy bilan yo’lga qoyishingiz kerak. Nega-ki dunyoga eng arzon va sifatli (Nega SIFATli deb aytvotgan bo’sez buni boshqa bloglarim orqali aytb beraman.) mahsulotlari Xitoy yetishtirib beradi. Xitoy mahsulotlarining asosiy haridorlari Dunyoning siz bilgan eng mashhur va sifatli brendlarini sanab o’taman: Apple, Nike, Adidas, Colgate, Crest, Pantene, Gillette va boshqalar.

Siz ham o’z biznesingiz uchun asosiy xom-ashioni va texnikalarni xitoydan olsangiz ancha qulay va arzon boladi. (Sifat haqida esa keyingi bloglarimda yozaman.) Xitoy bilan birga ishlash uchun sizga Ingliz tili yordam bermay qoladi. Chunki xitoyda biznesni xitoy tilida qilishni hush korishadi. Buyerdagi tarbiya va tilga etibor boshqachaligi uchun Xitoy tilida ishingiz ancha tezroq va osonroq bitadi.

Hulosa:

Bu blogimdan asosiy maqsadim sizlarga til o’ranish uchun hozir hech qanday tosiq yo’qligini yetkazish va qaysi til bo’lishidan qatiy nazar o’ranishning zarari yoqligini aytishdir. Ko’p bilsangiz sizdan keyingi avlod uchun ko’proq ma’lumot yetkazasiz va sizdan faqat yaxshilik qoladi. Sizlar bilan Botir Bakhtiyarov!


Report Page