Dum shòrva 😋
@kunlik_retseptlarAssalomu alaykum, aziz obunachilar. Bugun sizlarga qishning sovuq kunlarida malham bo’ladigan “dum sho’rva” ni tayyorlab ko’rsatib bermoqchiman.
Mol dumi
Kartoshka
Piyoz
Sabzi
Sarimsoq
Balgarskiy
Jo’xori
Tomat
Pomidor
Tuz va ziravorlar
Suv
Masalliqlar miqdorini oila a'zolaringiz sonidan kelib chiqib belgilaysiz
Qozonga suv solib go’shtimizni bir qaynatib olib suvini to’kib tashlaymiz. Qozonga yangi suv solib go’shtni qayta solamiz. Bir qaynab chiqqach ko’piklarini olib tashlaymiz va shu holatda 1.5 soat qaynatamiz. Keyin esa sabzi, piyoz, balgarskiy, sarimsoq tuz va ziravorlarni solib yana 1.5 soat qaynatamiz. Keyin esa tomat va pomidorni solamiz. Sho’rva tayyor bo’lishdan yarim soat oldin kartoshkani solib pishirib olamiz. Mazali sho’rvamiz tayyor. Yoqqan bo’lsa like bosishni va obuna bo’lishni unutmang 💖 Yoqimli ishtaxa 💜
Taomlar _uz saxifasidan olindi
@kunlik_retseptlar kanali