Dukkakli suyuq taom🥘
✅ Go’sht 200 gr
✅ O’simlik yog’i yarim cho’mich
✅ Piyoz 1 dona
✅ Sabzi 1 dona
✅ Kartoshka 1 dona
✅ Sarimsoq 2 bo’lakcha
✅ 1 osh qoshiq tomat
✅ Tuz va ziravorlar
✅ Balgarskiy
✅ Qaynoq suv
✅ Mosh, garox, loviya yarim piyoladan.
✅ Ko’kat, qatiq xoxishga qarab 😋
Eng avval mosh va garoxni yaxshilab yuvib iliq suvga ivitib qo’yamiz. Loviyani 15-20 minut qaynatamiz.
Qaynab chiqquncha ovqatimizni boshlaymiz. Yog’ni qizitib, piyoz va go’shtni qovuramiz. Keyin sabzi hamda balgarskiyni solib qovurishda davom etamiz. Oxirida kartoshka, tomat pastasi tuz va ziravorlarni soliq yana biroz qovuramiz.
Qaynoq suv solamiz.
Dukkakli mahsulotlarimizni srazu qozonga solamiz.
Pishib chiqqanidan keyin guruchni solamiz.
Taomimiz tayyor bo’lganda gazini o’chirib ko’kat solib 10 minut qopqog’ini yopib qoldiramiz.
Keyin xoxishga qarab qatiq va ko’katlar bilan dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha 😋
Taomlar_uz sahifasidan olindi