Har qanday yo‘l va ob-havo sharoitiga moslasha oladigan mototsikl... Tasavvur qila olasizmi?

Har qanday yo‘l va ob-havo sharoitiga moslasha oladigan mototsikl... Tasavvur qila olasizmi?

Ducati Uzbekistan

Tanishing, bu — Ducati Multistrada V2 S — premium toifadagi turistik mototsikl. 113 ot kuchiga ega, 937 kub santimetr hajmdagi Testastretta dvigateli, 6 pog‘onali uzatmalar qutisi, Ducati Quick Shift tizimi — uzatmalarni muftani bosmasdan va gazni yopmasdan yuqori yoki pastga o‘zgartirish imkonini beradi. Shuningdek, sayohatni maksimal darajada qulay qilish uchun ko‘plab zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan!

Ushbu modelning yana bir asosiy afzalligi — Ducati Skyhook Suspension EVO elektron podveska tizimi bo‘lib, u mototsiklni yo‘l qanday bo‘lishidan qatʼi nazar — asfalt, shag‘al yoki beqaror yo‘l bo‘lsin — “aʼlo” darajada harakatlanishini taʼminlaydi. Bu tizim avtomatik ravishda sharoitga, yukiga va haydash uslubiga moslashadi. Brembo tormozlari va ABS tizimi, burilishda ABS funksiyasi, trekshn-kontrol, kruiz-kontrol, Vehicle Hold Control funksiyasi hamda eng zamonaviy texnologiyalarga ega ekran — bularning barchasi ushbu mototsiklni mukammal qiladi. Tashqi ko‘rinishi haybatli bo‘lsa-da, bu mototsikl juda manyovrli va har qanday tezlikda oson boshqariladi. Umuman olganda, Multistrada V2 S — bu sport xarakteriga ega va turistik mototsiklga xos qulaylikni o‘zida mujassam etgan, zamonaviy elektronika bilan jihozlangan universal foydalanish uchun mo‘ljallangan mototsikldir.

Multistrada V2 S mototsikli Ducati Tashkent City shourumida mavjud!

Narxi 301 000 000 so‘m.

Shuningdek, bizda keng tanlovdagi ekipirovka, aksessuarlar va servis xizmati ham taqdim etilgan. Marhamat, tashrif buyuring! 

Lokatsiya: https://maps.app.goo.gl/RXwijjsV5icsaEAf9


Report Page