#Dual_talim

#Dual_talim


Farg‘onada dual ta’limni rivojlantirish yo‘lida hamkorlik davom etmoqda


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika sohasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tarmoqni rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda soha uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi


🔹Yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifalar qatorida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, yosh mutaxassislarni amaliyotga keng jalb etish hamda dual ta’lim tizimini rivojlantirish muhim yo‘nalish sifatida belgilandi


🖇️Mazkur vazifalar ijrosi doirasida “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida dual ta’limda tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


✨Unda “Hududgaz Farg‘ona” GTF direktori Shavkat Adhamovich hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Rustam Tojiev ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar


Uchrashuvda dual ta’limning asosiy maqsadi — nazariy bilimlarni bevosita ishlab chiqarish amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish, talabalarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda yoqilg‘i-energetika sohasi uchun zamonaviy bilim va amaliy tajribaga ega malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat ekani ta’kidlandi


Muloqot davomida talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil etish, ularni gaz ta’minoti tizimidagi zamonaviy texnologiyalar va ish jarayonlariga keng jalb etish, shuningdek, kelgusida malakali mutaxassis sifatida shakllanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi


Shuningdek, yoshlarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi


Qayd etilganidek, Prezidentimiz tomonidan yoqilg‘i-energetika sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashda dual ta’lim tizimi muhim ahamiyat kasb etadi


“Hududgazta’minot” AJ va Farg‘ona davlat texnika universiteti o‘rtasidagi mazkur hamkorlik energetika sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish hamda yosh mutaxassislarni amaliyotga tayyorlashga xizmat qiladi




Report Page