Dribbble dan ehtiyot bo'ling!
Abdulaziz Bekturdiyev
Dizaynerlar orasida motivatsiya va ilhom olish uchun ishlatiladigan bir qancha resurslar bor. Masalan Dribbble, Awwwards va shunga o'xshash boshqa platformalar. Turli xil loyihalar bilan ishlash jarayonida tushundimki bu resurslarning orqasida yashirin muammolar bor. Bugun anashu muammolar haqida eslatib o’tmoqchiman.
- Teoriya - bu resurslardagi dizaynlarning juda katta qismi faqat teoriya holos. Ular amalda ishlatilmagan, ularni dasturlash jarayonida, user lar bilan interaksiya jarayonidagi holati umuman yo’q. Amaliy tajribadan o’tmagan dizaynlardan andoza olish juda xavfli ish.
- Dasturchilarning dahshatli tushlari. Bu resurslardagi dizaynlarning juda katta qismini amalda ishlab chiqishning iloji yo’q. Chunki bu dizaynlarning chizilish jarayonidagi yagona limit bu dizaynerning fantaziyasi bo’lgan holos. U yerda ishlab chiqish jarayonidagi kamchiliklar, limitlar, nuqsonlar va talablar umuman hisobga olinmagan. Alal oqibat, ishlab chiqishga umuman yaroqsiz dizaynlar bozorni to’ldirib yuborgan.
- Foydalanuvchilarga yolg’on ta'surotlar. To’g’risi, man bir inson sifatida, bu dizaynlardan bahra olaman. Ammo ayni damda, UX dizayner sifatida bu dizaynlardan qo’rqaman. Chunki ular, foydalanuvchilarga yolg’on ta’surotlarni beradi. foydalanuvchilarning dizayndan talablarini oshirib yuboradi. Har qanday foydalanuvchi, o’sha jozibador dizaynlarni ko’rgandan keyin, har qanday mahsulotdan shunday yondashuvni kutadi. Ular bilmaydiki bunday ishlarni amalda qo’llashning iloji yo’qligini.
- Mijozlarning yetib bo’lmas orzulari. 3-punktning davomi sifatida aytamanki ayni muammo mijozlarga ham tegishli. Ya'ni, o'sha resurslardan ozgina foydalangan mijoz, ulardagi dizaynlarni hohlab qoladi. Qarabsizki, mahsulotini dizayn qildirmoqchi bo’lganida, unda talablar kutilganidan ancha yuqori bo’ladi. Mijozlar bu dizaynlarning xatarlarini bilmaydi va tushunmaydi ham.
- Dizaynerlarning miraji - bu resurslardan aktiv foydalanadigan dizaynerlar o’zlaricha trenddaman deb o’ylaydi. Ya’ni qilayotgan ishlarim yuqori sifatli, oliy toifadagi dizaynerman degan Miraj ga aldanib qoladi. Lekin aslida aldamchi professionallikni quvib yurishadi. Oddiy savol tug’iladi, agar awwwards dagi website lar shu darajada zo’r bo’lsa, nima uchun Apple ga o’xshash kompaniyalar ulardan foydalanmaydi. Bu kopmaniyalardagi hodimlar o’z ishlarining ekspertlari, hohlagan dizaynni chizib, uni ishlab chiqara oladi. Muammo shundaki bunday dizaynlar aslida foyda emas, balki zarar keltiradi.
Yuqoridagi resurslardan foydalanmang demayman. Balki, ulardan to’g’ri usulda foydalaning. Ulardan ko’chirmang, balki ularni yaxshilab ko’rib chiqib, analiz qiling. Qaysi birini olsa bo’ladi, qaysi birida muammolar yuzaga keladiyu, qaysi birida kutilgan natijaga erishish mumkin. Dizayner sifatida shu narsalarni ajrata olishimiz kerak. Agar siz, dizaynga endi qadam qo’ygan, hali oqni qoradan ajrata olmaydigan dizayner bo’lsangiz, unda bu resurslardan ehtiyot bo’ling. Yaxshisi, katta kompaniyalarning mahsulotlariga e’tibor bering. Ular bekorga mahsulotlarini siz ko'rayotganday dizayn qilishmaydi.
Sizga yana mobbin.com ham yordam bera oladi. Bu yerda amalda ishlatilayotgan mahsulotlarning dizaynlari joylangan. Bulardan bemalol ilhom olsa bo’ladi. Chunki yuqoridagi muammolar bu yerda yo’q va undan tashqari siz uchun hamma kerakli punktlar allaqachon analiz qilib bo’lingan.