“Drama Club” ning Amerika adabiyoti shoh asarlaridan biri asosida sahnalashtirgan navbatdagi spektakli taqdim etildi

“Drama Club” ning Amerika adabiyoti shoh asarlaridan biri asosida sahnalashtirgan navbatdagi spektakli taqdim etildi


1.05.21 sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetida Amerika Elchixonasi xomiyligi asosida o’zining faoliyatini olib borayotgan “Drama Club” o’zining ikkinchi sahna ko’rinishini AQSHNING O'ZBEKISTONDAGI ELCHIXONASI madaniyat ishlari bo’yicha bo’lim xodimi Dr. Feruz Akobirov hamda BuxDU Xorijiy tillar fakulteti dekani M.M.Jo’rayeva, ingliz tilshunosligi kafedrasi mudiri Z.I.Rasulov, fakultet o’qituvchi va talabalari, klub a’zolarining ota-onalari, yaqin qarindoshlariga taqdim etdi. “Drama Club” shu kuni mashhur amerikalik yozuvchi Jon Steynbekning “G’azab boshoqlari” asari asosida o’zining spektaklini namoyish etdi. O’n sahna ko’rinishi orqali asarda sodir bo’lgan voqealar jonlantirildi. Xorijiy tillar fakulteti talabalari Nasullayev Abbos, Sodiqova Shaxlo, Mirakova Shaxzoda, Radjabov Nasullo, Bekmizayev Amirislom, Sa’dullayev Suxrob, Saidova Kamila, Yunusova Saidabonu, Aslonova Rushana, Saidova Jasmin, Sharipova Parvina, Hamidova Sevara, Musinova Shakhinabonular to’liq ingliz tilida turli rollarni ijro etishdi. Sahna ko’rinishlari orqali XX asr boshida AQShning bir nechta shtatlarida sodir bo’lgan qum bo’ronlari oqibatida jamiyatda yuzaga kelgan ijtimoiy, iqtisodiy parokandalik ko’rsatib o’tildi. Oaklahoma shtatidan bir nechta insonlarning majburiy tarzda, yaxshi hayot ilinjida Kaliforniya shtatiga ko’chib ketayotganlarida yo’lda duch kelingan azob-uqubatlar, ochlik, suvsizlik, og’ir sharoitlardagi fermerlarning yashashi ko’rsatib o’tildi. Kaliforniya yetib kelgandan keyin ham oaklahomaliklarning hayoti o’zgarmaydi, u yerda ularni yangi muammolar kutib turgan bo’ladi. Mana shunday hayotda uchraydigan qiyinchiliklar oila a’zolarining qo’llab-quvvatlashi, do’stlarning sodiqligi tufayli yengib o’tilishi mumkinligi sahna ko’rinishlarida targ’ib qilindi.   “Drama Club” granti sohibi, ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o’qituvchisi, Xorijiy tillar fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari M.M.Tursunov spektakl oxirida talabalarni birma-bir tanishtirib, yoshlarni san’atning teatr turiga qiziqtirish ularning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli o’tkazishlariga hamda xorijiy tilni yanada mukammalroq o’rganishlariga zamin yaratishini ta’kidlab o’tdi. Tadbir so’nggida AQSHNING O'ZBEKISTONDAGI ELCHIXONASI madaniyat ishlari bo’yicha bo’lim xodimi Dr. Feruz Akobirov talabalarning aktyorlik mahoratiga va til bilish darajasiga yuksak baho berib, “Drama Club”ning keyingi namoyishlari ham muvaffaqiyatli o’tishiga ishonch bildirdi.

Xorijiy tillar fakultetining “Drama Club”i Amerika Qo’shma Shtatlari yozuvchilari yozgan asarlari asosida sahna ko’rinishlarini taqdim etishda davom etadi.       

BuxDU Matbuot xizmati



Report Page