Do'stimning so'zlariga ko'ra, Iso rostdan ham o'lgan; lekin Qur'onga kora, U o'lmagan. Men bilgan imomning aytishicha, bu hikoya masihiylar tomonidan to'qib chiqarilgan. Rostdan ham Injilda Iso o'lgan deb yozilganmi?

marvarid.org

Yuhanno 19:33-37
Isoning oldiga kelib, Uning oʻlib boʻlganini koʻrdilar. Shuning uchun boldirlarini sindirmadilar. Lekin askarlardan biri Isoning biqinini nayza bilan teshdi, shu zahoti Uning biqinidan qon bilan suv oqib chiqdi. Bu hodisani koʻrgan kishi, sizlar ham ishoninglar deb, guvohlik berib kelmoqda. Uning guvohligi haqiqatdir, u haqiqat aytayotganini biladi. Bu hodisa Muqaddas bitiklardagi: “Bironta ham suyagi sindirilmaydi” degan soʻzlar amalga oshishi uchun roʻy berdi. Muqaddas bitiklarning boshqa bir joyida shunday deyilgan: “Ular oʻzlari nayza sanchgan Odamga qaraydilar.”

Rimliklar 5:6-8
Ha, biz chorasiz boʻlganimizda, belgilangan vaqtda Masih biz — betavfiqlar uchun oʻldi. Solih inson uchun ham oʻlishga rozi boʻladigan birorta insonni topish qiyin. Ehtimol, kimdir himmatli inson uchun oʻlishga jurʼat qilar. Lekin biz hali gunohga botgan chogʻimizda, Masih biz uchun oʻldi. Shu yoʻsinda Xudo bizga boʻlgan Oʻz mehr–muhabbatini namoyon qildi.

Report Page