Dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Uzpharmcontrol

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Bunyodkor” MFY hududida harakatlanib kelayotgan “Isuzu” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqarolar I.M. va U.I. xorijda ishlab chiqarilgan 470 turdagi hech qanday hujjatsiz 19 214 dona dori vositasini o‘tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shu kabi, Departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.N. dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, tuman hududidagi savdo markazi avtoturargohida jami 35 quti “Avastin” nomli dori vositasini fuqaro M.Ya.ga 158 mln so‘mga noqonuniy sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi matbuot xizmati

Telegram
| Facebook | Instagram | Youtube

Report Page