Dono va Momomo
United SoftO'zbekistonda to'liq formatdagi 3D multfilm chiqarilishi uchun nechta mutaxassis zarur?
🧐 Avtomashina ishlab chiqarilishini ko'pchiligimiz ko'rgan bo'lsak kerak. Har bir ishda ketma-ketlik bo'lishi, oxirgi natija sifatli bo'lishini ta'minlaydi. Multfilm ishlab chiqarilishini xuddi mashina korxonasi konveyeridek tasavvur qilsak bo'ladi.
💯 O'zbekistonda ushbu sohani rivojlantirish, bolajonlar tarbiyasiga zarar bermaydigan multfilmlar ishlab chiqarish bizning bosh maqsadlarimizdan hisoblanadi. Bu yo'lda harakatlar allaqachon boshlanib bo'lgan. United Soft studiyamizda Dono va Momomo multfilmi 2yildan buyon ishlab chiqariladi va YouTube sahifasiga joylanib boradi.
✅ Bundan tashqari multfilm, MY5 va Bolajon telekanallarida efirga uzatiladi. Dono va Momomo, qisqa fursatda jajji bolajonlar mehrini qozona olgan.
Jajji bolajonlar deganda faqat o'z yurtimizni nazarda tutmadik. Multfilm Ispan va Rus tillariga tarjima qilinib, YouTube sahifasiga joylanadi.
😉 Agar multfilmni ko'rmagan bo'lsangiz albatta ko'ring va uka-singillaringizga ham ko'rsating! Chunki u O'zbekistonda tayyorlangan. Hali bu boshlanishi, yangiliklarni kuzatib boring!


Dono va Momomo multfilmini ko'rish uchun havola (https://youtu.be/b9w9ZWKliiU)📥 @letsanimate
Telegram (https://t.me/letsanimateuz) | Instagram (https://instagram.com/letsanimate_?utm_medium=copy_link) | Facebook (https://m.facebook.com/letsuz/) | YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCXev5R70FEaZN2-kHIvOzTw/about)