Doniyor Kamoldinov Akmaljon o'g'li

Doniyor Kamoldinov Akmaljon o'g'li

IT-School Presidency

Qilgan loyihalari:

1. 'New York Academy of Sciences' dasturi to'liq grant sohibi. AQSH, Qozog'iston, Hindiston va Xitoylik o'quvchilar bilan bir oylik muddatda 'Wearable Technology' loyihasi ustida ishlaganman.
2. Maktabdagi rasmiy jamoalardan biri - Zakovat Klubi jamoasi Co-Founder'i. 3 ta mavsum ichida, 5-11-sinflar uchun 9 ta Liga o'yinlari o'tkazdik. Jami hisobda, har bir mavsumda 220 tadan o'quvchi qatnashdi. 
Undan tashqari, Media sohasi bo'yicha 1.5 yillik tajribam borligi sababli, Zakovat Media rahbari hisoblanaman. Shu vaqtgacha, har bir mavsum uchun media rejamiz bor va o'zigaxos treyler'lar yaratib kelmoqdamiz.
3. Telegram ijtimoiy tarmog'ida 2 yildan beri shaxsiy blog yuritaman. Hozirda 500 ta obunachim bor.
4. Videografiya bo'yicha 20 dan ortiq professional ishlarim va Kompyuter Grafikasi bo'yicha 50 dan ortiq SMM dizaynlarim mavjud. 
CV: https://kamoldme.my.canva.site
5. 2023-2024 o'quv yilida DevUnity jamoasida faoliyat yuritganman. O'sha paytda jamoa bilan IT-Quiz, IT-Zakovat kabi tadbirlarni va Informatika olimpiadalarini o'tkazganmiz.

Maktab prezidenti bo'lgandan so'ng, maktabga kiritmoqchi bo'lgan o'zgarish va loyihalari:

1. EduRate - ta'limni baholash platformasi

4-5 oydan beri jamoam bilan bir startap ustida ishlamoqdaman. Bu loyiha xususiy ta'lim sektoriga yo'nalgan. O'quv markaz va xususiy maktablar uchun o'qituvchilar bazasini yaratib, ularni anonim baholovchi platforma yaratmoqdamiz. Bu platforma o'quvchilar unga kirib, o'zining o'qituvchisini 5 ballik tizimda, holis va anonim baholab, feedback berishi uchun mo'ljallangan. Bu tizim "anonim feedback" asosida qurilgan. Bu esa, natijada ustozlarning malakasini yanada oshirishda va O'zbekiston miqyosidagi TOP ustozlarga aylantirishiga olib keladi.

Biz esa yaqin orada, shu platformani jamoamiz bilan Muhammad al-Xorazmiy maktabida sinab ko'rmoqchimiz. Bu o'qituvchilarga darsga bo'lgan tayyorgarligini oshirishga va o'quvchilarga yanada qiziqarliroq darsliklar tayyorlashga eslatma rolini o'ynaydi. Undan tashqari, statistikaga qaraganda, Amerikadagi universitetlardagi shunga o'xshash tizim, talabalarni o'qishdagi natijalarini 30-35% ga oshirgan. Endi tasavvur qiling, shu kabi tizim bizning maktabda bo'lsachi?

2. Zakovat Mezboniga aylanish

Bilasizki, barcha PIIMA maktablarida Zakovatga bo'lgan qiziqish katta. Lekin hech qaysi maktabda, bizdagi kabi sharoitlar yaratilmagan (misol uchun, Zakovat Arena). Mening taklifim shundan iboratki, biz boshqa maktablarni ham chaqirib, Zakovat mezboni sifatida katta gala-turnirlar o'tkazishimiz mumkin. Bu esa, keyinchalik, Muhammad al-Xorazmiy maktabini boshqa maktablardan intellektual yoshlari borligi va liderligi bilan ajratib turadi.

3. Uzbek TedX

Dunyo tanigan TedX nomli loyihalar bor. Bunda o'z sohasini mutaxassislari katta sahnaga chiqib, hayoti davomida o'rgangan bilimlarini 5 daqiqada nuqti orqali ulashishga harakat qilishadi. Biroq muammo shundaki, bu kabi tadbirlar faqatgina ingliz tilida bo'ladi. 

Mening taklifim shuki, nega biz O'zbekistonda bo'la turib, shu kabi tadbirlarni o'zbek tilida o'tkazmasligimiz lozim? Bizda ham kuchli professor, akademik va ustozlarimiz bor. Kuchli va bilimli yoshlar bor. Shu kabi insonlarni taklif qilib, TedX ga o'xshash faqat o'zbek loyiha yaratsak bo'ladi.

4. Maktabdagi bolalar podkasti

Maktabimizda juda ham bilimli, kuchli va intellektual yoshlar ko'p. Afsuski, ularni faqatgina biz bilamiz. Bu kabi yoshlarni maktabdan tashqariga tanitish kerak deb o'ylayman. Shu sababli, biz "Maktabdagi bolalar" nomli podkast yaratganmiz.

5. Yagona Maktab Media jamoasi

Maktabimizda turli tadbirlar bo'ladi, ammo media tarafdan yetarlicha muammolar bor. Bu muammolar ommaga bizning maktabni noto'g'ri tarafdan ko'rsatib qo'yadi. Taklifim shundan iboratki, maktabdagi media sohasidagi o'quvchilarni yig'ib, yagona bir Maktab Media jamoasi yaratish kerak.

6. IT Hackathon

IT maktabda o'qib, bir narsani tushundim. Bizning sohada, real loyihalar nazariyadan ancha ustun turadi. Lekin o'sha real loyihalarni qilib ko'rish uchun, dunyoda "hackathon" tushunchasi mavjud. Bu kabi tadbirlarda turli dasturchi jamoalar qatnashib, bir muammoga o'zining turli IT yechimlarini taklif qilishadi. Bizning maktab tarixida faqatgina bir marotaba hackathon bo'lib o'tgan. Mening taklifim shu kabi tadbirlarni ko'paytirish va ularni ommalashtirishga qaratilgan. Ko'proq o'quvchi qatnashsa, ko'proq praktika ilmiga ega bo'ladi. Bu esa yoshlarni universitetlarga kirishiga va keyinchalik ish topishiga katta ijobiy ta'sir o'tkazadi.

7. Maktab sayti

Maktab saytini yangilash va doimiy kontent qo'yib borish. Saytda o'quvchilar yaratgan klublari va jamoalari haqida ma'lumotlar bo'lishi kerak deb o'ylayman. Chunki keyinchalik bu klublar taniqli bo'lishi uchun, biror bir inson uni internetga yozganida, ma'lumot rasmiy maktab saytida chiqishi lozim.

Report Page