“Dolzarb 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari davom etmoqda

“Dolzarb 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari davom etmoqda

IIBB Axborot xizmati

Toshkent viloyatida ham Respublikamizning boshqa viloyatlari singari “Dolzarb 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoiy guruhlarga aʻzo boʻlgan, ijtimoiy muhitga salbiy taʻsir oʻtkazishga uringan bir necha shaxslar qoʻlga olinmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Xususan, maxsus xizmat va huquq-tartibot idoralari tomonidan oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida, Toshkent viloyatida 34 nafar jinoiy guruh aʻzolari qoʻlga olinib, ularning 11 nafariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, 23 nafari maʻmuriy tartibda qamoqqa olindi.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Tadbir davomida, ushbu va boshqa shaxslardan noqonuniy ravishda saqlab kelingan 13 dona pnevmatik va ov qurollari, oʻq-dori va elektroshoker, turli hajm va koʻrinishdagi pichoq, kastet va bitalar;

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Giyohvandlikka qarshi kurash yo'nalishida, 50 dan ortiq holatlar fosh etilib, 11 kg giyohvandlik moddalari va 8 ming 703 dona psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari noqonuniy muomaladan olindi.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Tezkor qidiruv tadbirlarida jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 64 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlanib qonun ustuvorligi taʻminlandi. 2 nafar bedarak yo'qolgan fuqaro topilib oilasiga qaytarildi.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Hozirda maxsus-reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

IIBB Axborot xizmati


Report Page