Doktor Jixangir CHAKIJI

Doktor Jixangir CHAKIJI

@ginekologim


Doktor Jixangir CHAKIJI (Dr.Cihangir Çakici – www.cihangircakici.com) 1983 yilda Anqarining Xojattepa Universiteti tibbiyot fakul'tetini tamomlagan. 1985−90 yillarda G‘ozi Universitetida Akusherlik va Ginekologiya bo‘yicha ixtisos sohibi bo‘ldi. 1990 yilda “Akusherlik va Ginekologiya” ixtisosligi bo‘yicha magistr unvoni oldi. 1995 yilda dosent ilmiy unvonini oldi. Akusherlika va Ginekologiya, Reproduktologiya yo‘anlishi bo‘yicha Yevropaning bir qator mamlakatlarida malaka oshirgan va konferensiya hamda seminarlarda ma'ruzalar bilan qatnashgan. Turkiya televideniesida uning ishtirokida ginekologiya, bepushtlikni davolash, yordamchi reproduktiv texnolgiyalar va sun'iy muhitda urug‘lantirish borasida qator ko‘rstauvlar namoyish qilingan. 1991-2008 yillarda Turkiyaning bir qator nufuzli davlat va xususiy klinikalarida akusher-ginekolog va reproduktolog sifatida mehnat qildi. 2008 yil Anqarada Ankalayf EKU klinikasini tashkil qilgan va reproduktolog sifatida faoliyat yuritgan. Uning Bishkek shahrida (Qirg‘iziston) ham “Ankalayf” EKU klinikasi filiali 2015 yildan beri faoliyat yuritib keladi.

 2019 yil Toshkentda Ankalayf EKU va ayollar salomatligi markazi tashkil qildi.

 Professor Jixangir Chakiji 36 yillik ish tajribasiga ega, shu kunga qadar 5000 dan ziyod EKU muolajasi o‘tkazgan.

 Ingliz tilini mukammal va rus tilini o‘rta darajada biladi.

 60 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi. Erkaklar bepushtligida azospermiyaning og‘ir ko‘rinishlarini davolash maqsadida yangi yo‘nalish bo‘lmish o‘zak hujayralardan spermatozoid hujayralarini o‘stirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda va bu borada O‘zbeksiton Innnovasion rivojlanish vazirligi va Turkiya ilmiy texnik tadqiqotlar kengashi TUBITAK (TÜBİTAK) bilan hamkorlikda e'lon qilingan ilmiy tadqiqotlar tanloviga o‘zining ana shu ilmiy loyihasi bilan ishtirok etmoqda.

Ish faoliyati:

1991-1996 yil “Anqara” klinikasi.

1992-1994 Anqara Ginekologlar Jamiyati bosh kotibi.

1994-1995 Turkiya Ginekologlar Jamiyati bosh kotibi.

1995 yilda dosent ilmiy unvonini olgan.

1996-1999 “Bayindir” klinikasi Ekstrakorporal Urug‘lantirish bo‘limi direktori.

2000 yilda Anqarada ayollar sog‘lik markazini ochdi.

2007 yilda Anqarada “ Ankalayf” Ekstrakorporal Urug‘lantirish (EKU) markazini ochdi.

2015 yilda Bishkekda “Ankalayf” Ekstrakorporal Urug‘lantirish (EKU) va ayollar salomatligi markazini ochdi.

2019 yilda Toshkentda “Ankalayf” Ekstrakorporal Urug‘lantirish (EKU) va ayollar salomatligi markazini ochdi.


Report Page