Dividend nima?

Dividend nima?

Мухаммадхон

Deyarli hammamiz devidend haqida eshitganmiz. Lekin dividend qayerdan olinadi? Kim tomonidan beriladi? Umuman olganda dividend nima? Keling, O’zbekiston misolida dividend nimaligini ko’rib chiqamiz. Buni bilishimiz uchun O’zbekiston Respublikasining soliq kodeksiga qaraylik:

41-modda. Dividendlar va foizlar

Quyidagilar dividendlar deb e’tirof etiladi:

1) yuridik shaxsning foydasini (shu jumladan imtiyozli aksiyalar bo‘yicha foizlar tarzidagi foydasini) ushbu yuridik shaxsning aksiyadoriga (ishtirokchisiga) tegishli aksiyalar (ulushlar) bo‘yicha taqsimlash chog‘ida aksiyador (ishtirokchi) tomonidan olingan har qanday daromad;

2) tugatish chog‘ida yuridik shaxsning aksiyadoriga (ishtirokchisiga) ushbu aksiyadorning (ishtirokchining) shu yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi miqdoridan ko‘p bo‘lgan qismi bo‘yicha pul yoki natura shaklidagi to‘lovlar;

3) jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga ulushi qismining chiqarilish yoki chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini ushbu aksiyadorning (ishtirokchining) shu yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi miqdoridan ko‘p bo‘lmagan qismi bo‘yicha to‘lash;

4) ushbu yuridik shaxsning o‘z kapitali (mol-mulki) hisobiga ustav fondi (ustav kapitali) oshgan taqdirda yuridik shaxs aksiyadorining (ishtirokchisining) qo‘shimcha aksiyalar qiymati (ulush nominal qiymatining oshishi) tarzida olingan daromadlari.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlar, basharti ular aksiyadorlarning (ishtirokchilarning) bunday daromadni to‘lovchi yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda to‘lansa, dividendlar deb e’tirof etiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olinadigan, chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq dividendlar jumlasiga kiritiladigan har qanday daromadlar ham dividendlar deb e’tirof etiladi.

(41-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun xususiy korxona mulkdoriga, oilaviy korxona ishtirokchisiga yoki fermer xo‘jaligi boshlig‘iga bunday yuridik shaxslar tasarrufida qolgan foyda summasidan to‘lanadigan daromadlar dividendlarga tenglashtiriladi.

Ilgari bildirilgan (belgilangan) har qanday daromad, shu jumladan har qanday turdagi qarz majburiyatlari bo‘yicha diskont tarzida olingan daromad (uni rasmiylashtirish usulidan qat’i nazar), shu jumladan pul omonatlari bo‘yicha olingan daromad foizlar deb e’tirof etiladi.

Nega bunchalik qiyin?

Buni soddaroq tilda ko’rib chiqishga harakat qilamiz.

1-Qism

Dividendlar nima? 


Dividendlar kompaniya foydasining bir qismi bo'lib, u aksiyadorlar o'rtasida aksiyalar ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Ya'ni, kompaniyaning aksiyalariga sarmoya kiritish orqali siz haqiqatan ham uning bir qismiga egalik qilish va kompaniya foydasining bir qismini olish huquqi evaziga o'z mablag'laringizni berasiz. Masalan, siz Apple kompaniyasi aksiyadorisiz, siz o’z mablag’ingizni kompaniyaga investitsiya qilyapsiz, kompaniya rivojlanmoqda, yangi-yangi Iphone modellari sotilmoqda, kompaniya bundan katta daromad olmoqda.

Shu bilan kompaniya olingan daromadlar bilan siz va sizga o’xshash aksionerlar  bilan bo’lishadi. Mana shu dividend deb ataladi. 1 ta aksiyaga qancha miqdorda dividend to’lash kompaniyaning dividend siyosatiga bog’liq. Shuningdek, aksionerlar majlisida bu masala hal qilinadi.

Dividend to’lash muddati kompaniya tomonidan belgilanadi. Bu yillik, yarim yillik yoki kvartal hisobidagi to’lov bo’lishi mumkin.

2-Qism

Dividendlarni qanday olish mumkin?

Dividend olishingiz uchun birinchi navbatda siz, dividend to’lovchi kompaniyalar aksiyasini sotib olishingiz kerak bo’ladi. Siz hamma aksiyalarga ham va har doim ham dividend to’lanmasligini, turli kompaniyalarda dividendlar turlicha to’lanishini hisobga olishingiz kerak. Kompaniya dividend to’lashi uchun u qanchadur miqdorda sof daromad olgan bo’lishi shart. Daromad olganidan so’ng, kompaniya dividend to’lash yoki uni kompaniyaning kelajak rivojiga ishlatishini hal qiladi. Reester muddati, 1 ta aksiya uchun dividend summasini kompaniya oldindan o’zi e’lon qiladi.

 

3-Qism

Reester o’zi nima?

Reester bu kompaniyaning hamma aksiyadorlari bor jadval. Reester yopilish kuni bu kompaniyaning kimlarga dividend to’lashini aniqlab beruvchi kun. Bu nimaga kerak? Bunga sabab birjada aksionerlar to’xtovsiz ravishda aksiyalarni sotib olayotgan yoki sotayotgan bo’ladi. Bunday sharoitda kompaniya aniq kimga dividend to’lash kerakligini bilish uchun reester kerak bo’ladi. Dividendlarni olish uchun siz reestr yopilish kunida o’sha kompaniyalar aksiyasiga ega bo’lishingiz kerak. 

Agar siz reestr yopilgan sanadagina kompaniyaning aksiyalariga egalik qilsangiz ham, sizga dividendlar to'lanadi.

Lekin bitta narsani tushunishingiz kerak, birjada savdo T+2 sxemada boradi. Bu nima degani? Bu siz aksiyani sotib olganingizdan keyin yozuv 2 ish kuni ichida amalga oshirilishini bildiradi. Shunda siz qaysidur bir kompaniya dividendlarini qo’lga kiritmoqchi bo’lsangiz, aksiyalarni reester yopilguniga qadar kamida ikki kun oldin sotib olishingiz kerakligini bildiradi.

 

4-Qism

Dividendlar miqdori va to'lov sanasini qanday aniqlash mumkin?

Shu va shunga o’xshash savollarga javob topish uchun kompaniya axborot xizmati tomonidan berilayotgan ma’lumotlardan xabardor bo’lib turish kerak. Bu kompaniya web-sayti, kompaniya savdo qiladigan birja yoki axborotni oshkor qilish markazi bo’lishi mumkin.

Dividendlarni to'lash muddati?

Dividendlar O’zbekiston( shuningdek Rossiya Federatsiya) sharoitida reester yopilganidan so’ng 10 ish kuni ichida yetkaziladi, ba’zi hollarda muddat 25 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin. AQSH kompaniyalarida esa reester yopilgandan 15 ish  kundan bir necha oygacha cho’zilishi mumkin. Bu holatga amerika kompaniyalariga juda ko’p odam investitsiya kiritilishi sabab qilib ko’rsatiladi. 

5-Qism

Nima uchun dividendlar to'lanmasligi mumkin?

Teparoqda dividendlarni to’lash kompaniyaga bog’liqligi to’g’risida aytib o’tildi. Yosh kompaniya va start-uplar boshida dividendlarni to’lamasliklari mumkin bunda kapital hisobini ko’paytirish sabab qilib ko’rsatiladi. Yoki olingan sof daromad kompaniyaning yangi yo’nalishlari uchun sarflanadi. Katta korporatsiyalar ham to’lamasliklari mumkin bunda korporatsiya yangi gorizontlarni ochishda katta mablag’ kerakligi sabab bu qarorga kelishadi. Shuningdek, negativ faktorlar ham ro’y o’ynaydi. Bunda hisob bo’yicha kompaniya daromad emas balki zarar ko’rgan holat, majburiy to’lovlarni amalga oshira olmaganligi va bankrot holatlar.


Do'stlaringizga ham ulashing!

@economicsuz Sizning kanalingiz. .



Report Page