“Direktor kubogi” minifutbol musobaqasi

“Direktor kubogi” minifutbol musobaqasi

TKTI Shahrisabz filiali matbuot xizmatiJanuary 13, 2021

O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida 13-14 yanvar kunlari “Direktor kubogi” minifutbol musobaqasi otkazildi.

Filial direktori Sh.A.Mutalov talabalar bilan

Filial jismoniy tarbiya oqituvchilari N.Rahmatov va A.Sattorov, filial Yoshlar Ittifoqi yetakchisi U.To'rayevalar rahbarligida tashkil etilgan futbol musobaqasida jami 18 ta jamoa (har bir jamoada 6 nafardan ishtirokchi) ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunida quyidagi natijaga erishildi: 

1-orinni 4-20 guruh talabalari; 

2-orinni 12-20 guruh talabalari; 

3-orinni 2-19 guruh talabalari va 8-20 guruh talabalari egallashdi. 14 yanvar kuni otkaziladigan katta bayram tadbirida taqdirlash marosimi otkaziladi.


Report Page