#Diqqat_muhim

#Diqqat_muhim

April 05, 2025

“Oliygoh Kubogi” doirasida Hakaton tanloviga start berildi!


Tanlov mavzusi: Sunʼiy intellekt asosida innovatsion loyihalarni joriy etish


🔹Sizda sunʼiy intellekt asosida innovatsion gʻoyalar bormi? Unda bu Hakaton aynan siz uchun!


Nimalar kutmoqda?


📌Ikki yo‘nalishda bellashuv:

 

"Coding" (dasturlash): SI asosida dasturiy ta'minotning MVP sini yarating


 "No Coding" (dasturlashsiz): Faqat kreativ fikrlash orqali innovatsion g‘oyani taqdim eting


📌Sizni quyidagilar kutmoqda:


SI mutaxassislari bilan uchrashuvlar va maslahatlar;


Qiziqarli master-klasslar va treninglar;


Qimmatbaho sovg‘alar va futbolkalar



Hakaton nima o‘zi?


Hakaton — bu qisqa vaqt ichida, ya’ni 72 soat davomida jamoalar bilan birga muammoni hal qilishga qaratilgan texnologik loyiha ishlab chiqish marafoni. Bu jarayonda siz o‘z g‘oyangizni sinovdan o‘tkazishingiz, yangi bilim va tajriba orttirishingiz mumkin.


📌Nega aynan siz qatnashishingiz kerak?


Innovatsion g‘oyalaringizni ro‘yobga chiqaring


Sun’iy intellekt sohasidagi mutaxassislar bilan tanishing va tajriba almashing


“Oliygoh Kubogi” da g‘olib bo‘lib, qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiriting!


Mukofotlar:


1-o‘rin:

Bs (bazaviy stipendiya)ning 10 barobari miqdorida pul mukofoti;

Diplom;

OPUS o‘quv markazida 450 ming so‘mlik vaucher



2-o‘rin:

Bs ning 8 barobari;

Diplom;

OPUS o‘quv markazida 400 ming so‘mlik vaucher


3-o‘rin:

Bs ning 6 barobari;

Diplom;

OPUS o‘quv markazida 350 ming so‘mlik vaucher


📌Barcha ishtirokchilarga:


Universitet tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari


OPUS o‘quv markazida 200 ming so‘mlik vaucher


 Roʻyxatdan oʻtish muddati: 12-aprel, soat 22:00 ga qadar

 Tanlov sanasi: 14–16-aprel kunlari


🔗 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://fstu.uz/view-event/9


Savollar bo‘yicha murojaat uchun:


 @Qudratbek_Uzb

 @Uzhpcom


fstu.uz (https://fstu.uz/view-event/9)

Umumiy jamgʻarmasi 150 million soʻm boʻlgan "Oliygoh kubogi" tanlovlariga start berildi

Farg'ona Davlat Texnika Universitet







Report Page