❗️Diqqat informatika fanidan olimpiada. 11-sinflar o'rtasida OTMga kirish imkonini beruvchi olimpiada bo'lib o'tadi.

❗️Diqqat informatika fanidan olimpiada. 11-sinflar o'rtasida OTMga kirish imkonini beruvchi olimpiada bo'lib o'tadi.

robocontest.uz

❗️Diqqat Informatika fanidan olimpiada. 11-sinflar o'rtasida OTMga imtiyoz asosida kirish imkonini beruvchi olimpiada bo'lib o'tadi.

❗️Toshkent shahridagi umumta'lim maktablari bitiruvchi sinf o’quvchilari uchun (Ixtisoslashtirilgan maktablar, akademik litsey va kasb-hunar maktablari oʻquvchilari qatnasha olmaydi)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4851-son qarorining 12-bandida 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab Informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishida kadrlar tayyorlayotgan barcha oliy ta’lim muassasalari umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha ko‘p bosqichli (tuman (shahar)- viloyat - oliy ta’lim muassasasi) o‘zining olimpiadasini o‘tkazishi va 1-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni birinchi o‘quv yili uchun to‘lov oliy ta’lim muassasasining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan holda imtihonsiz o‘qishga qabul qilish vazifasi belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-61-son qarorini inobatga olgan holda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari oʻquvchilari oʻrtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, oʻtkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va gʻoliblarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 4-bob 47-bandiga muvofiq mazkur topshiriqda belgilangan “Informatika va axborot texnologiyalari” fani boʻyicha koʻp bosqichli oliy ta’lim muassasasi olimpiadasini oʻtkazish hamda uning yakuniy natijalarini taqdim etish yuklatilgan.

Quyidagi OTMlar MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI E binosida 2-may sanasida robocontest.uz platformasida ushbu olimpiadani o’tkazadi:

▶ MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

▶ ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI

▶ TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

▶ TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI

▶ “TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI

▶ TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

Olimpiada 3 bosqichda bo'lib o'tadi

1) Maktab bosqichi - tizimda onlayn shaklda(har bir maktab 27-aprel 23:59 ga qadar nomzodlarni ro'yxatdan o'tkazishi mumkin)

2) Tuman bosqichi - tizimda onlayn shaklda(28-aprel kuni saralash bosqichi online robocontest.uz platformasida bo'lib o'tadi)

3) Yakuniy bosqich - offline TATU binosida tashkillashtiriladi(30-aprel kuni TATU E binoda offline robocontest.uz platformasida bo'lib o'tadi)

Saralash bosqichi Test va Masalalardan tashkil topgan va barchasi 28-aprel onlayn shaklda bo'ladi.

Yakuniy bosqichi Test va Masalalardan tashkil topgan va barchasi 2-may offlayn shaklda bo'ladi.

❗Imtiyoz 1-3 o'rinlarga beriladi

❗️Tizim faqat maktab va tuman bosqichlari uchun o'quvchilarning OTMlarga saralab beradi. Imtiyoz berish va yakuniy bosqichni o'tkazish OTMlar zimmasida.

Tanlovda qatnashish uchun talablar:

- 11-sinf bitiruvchisi bo'lishi

- Toshkent shahridagi maktab o'quvchisi bo'lishi

- Robocontest.uz tizimida profili mavjud bo'lishi, ro’yxatdan o’ting, agar profilingiz mavjud bo'lmasa


Yangiliklarni kuzatib kanalimizda kuzatib boring

🟥 11-sinfda o'qiydigan tanishlarimizga yuboramiz

Kanal: @robocontest

Guruh: https://t.me/robocontest_chat


Report Page