Diqqat e'lon

Diqqat e'lon

Uzpharmcontrol

Sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 29-dekabrdagi 404-son buyrugʻiga bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasining 2-nashri 1-jildi tasdiqlanganligi munosabati bilan joriy yilning 12-fevral kuni soat 10:00 da “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining katta majlislar zalida “Davlat farmakopeyasining 2-nashri: xalqaro va zamonaviy talablar uygʻunligining yangi bosqichi” mavzusida gibrid shaklda oʻtkaziladigan vebinarda ishtirok etishga taklif etamiz.

Vebinardan koʻzlangan maqsad: Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyruqlari bilan tasdiqlangan “Umumiy farmakopeya maqolalarini, farmakopeya maqolalarini ishlab chiqish va ularni Davlat farmakopeyasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi” hamda “Dori vositalarini standartlashtirishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasida keltirilmagan holatlarda dunyoning yetakchi farmakopeyalari sinov usullarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi” nizomlar, shuningdek Davlat farmakopeyasi 2-nashri 1-jildining tuzilishi, mazmun-mohiyati, amaliyotga joriy etish bosqichlari, shuningdek 2-nashr 1-jildining tasdiqlanishi munosabati bilan alohida farmakopeya maqolalarini amal qilishini tugatish yoki cheklash yoki muqobil usullarga almashtirish boʻyicha maʼlumotlarni Siz faoliyat yuritayotgan tashkilotda dori vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, dori vositalari meʼyoriy hujjatlarini ishlab chiqish, sifat nazoratini amalga oshirish hamda Davlat farmakopeyasi bilan bogʻliq yoʻnalishda faoliyat yurituvchi maʼsul mutaxassislar eʼtiboriga yetkazishdan iboratdir.

Vebinarda quyidagi mavzular boʻyicha taqdimot qilinadi:

1.    Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi 2-nashr 1-jildi: xalqaro farmakopeyalar bilan uygʻunlashtirish, tuzilishi va kiritilgan yangiliklar.

2.    Farmakopeya maqolalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasiga kiritish va dori vositalarini standartlashtirishda yetakchi farmakopeyalarning sinov usullaridan foydalanish tartiblari toʻgʻrisidagi nizomlarni sharxlash va ularni qoʻllash boʻyicha yoʻllanmalar.

3.    “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi direktorining 2026-yil 27-yanvardagi “Alohida farmakopeya maqolalarining amal qilish muddatlarini toʻxtatish yoki cheklash toʻgʻrisida”gi 36-son buyrugʻi toʻgʻrisida.

4.    Korxona farmakopeya maqolalari loyihalarining ixtisoslashtirilgan ekspertizasi: talablar, jarayon, asosiy mezonlar.

5.    Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini amaliyotga joriy etishning dolzarb jihatlari.

Report Page