Diniy-ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari

Diniy-ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari

Мурадова Мавжуда Раджабовна

13 may kuni Pedagogika fakulteti tyutori M.R.Muradova tomonidan 3 kurs 4-2psi-19 talabalari òrtasida "Diniy-ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari " mavzusida davra suhbati o’tkazildi.


Terrorizm butun insoniyatni vayron qiluvchi illatdir u bor joyda hech qachon osoyishtalik bo‘lmaydi, shuning uchun, har bir fuqaro ongida milliy ongni shakllantirish va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni kuchaytirish zarurligi haqida aytib o‘tildi.  Ekstremizmning turli koʻrinishlari soʻnggi vaqtlarda dunyoning koʻp mamlakatlarida, turli diniy ekstremistik tashkilotlar yangidan mustaqillikni qoʻlga kiritgan dunyoviy davlatlarga tahdid solmoqda.Bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizm hozirgi dunyoning global muammosi ekani hech kimga sir emas. Shu sababdan ham olamdagi barcha ma’rifatparvar kuchlar qatori O‘zbekistonda ham unga qarshi kurashning turli keng miqyosdagi faoliyati olib borilmoqda.Talabalarga diniy ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash – bugunning dolzarb vazifasi ekanligi, hozirgi kunda butun dunyoda terrorizmga qarshi kurash olib borilayotganligi haqida so‘z yuritildi.Talabalar ham òz fikrlarini bildirishdi hamda savollariga javob olishdi.

Report Page