Diniy-ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash oʻta dolzarb vazifa hisoblanadi.

Diniy-ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash oʻta dolzarb vazifa hisoblanadi.

Muradova Mavjuda Padjabovna Pedagogika


Pedagogika fakulteti tyutori M.R.Muradova tomonidan psixologiya kafedrasi talabalari òrtasida Diniy-ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari to‘g‘risida davra suhbati o'tkazildi.

Bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizm hozirgi dunyoning global muammosi ekani hech kimga sir emas. Shu sababdan ham olamdagi barcha ma’rifatparvar kuchlar qatori O‘zbekistonda ham unga qarshi kurashning turli keng miqyosdagi faoliyati olib borilmoqda.  

Talabalarga diniy ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash – bugunning dolzarb vazifasi ekanligi, hozirgi kunda butun dunyoda terrorizmga qarshi kurash olib borilayotganligi haqida so‘z yuritildi. Terrorizm begunoh insonlarni bevaqt o‘limiga sabab bo‘luvchi urushdir, yomon insonlar o‘z g‘arazli niyatlarini shu terrorizm orqali amalga oshiradilar. Terrorizm butun insoniyatni vayron qiluvchi illatdir u bor joyda hech qachon osoyishtalik bo‘lmaydi, shuning uchun, har bir fuqaro ongida milliy ongni shakllantirish va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni kuchaytirish zarurligi haqida aytib o‘tildi. Ekstremizmning turli koʻrinishlari soʻnggi vaqtlarda dunyoning koʻp mamlakatlarida, xususan, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasida ham oʻzini namoyon eta boshladi. Turli diniy ekstremistik tashkilotlar ("Hizbut-tahrir", "Tavba") yangidan mustaqillikni qoʻlga kiritgan dunyoviy davlatlarga tahdid solmoqda. Ular vaqtinchalik qiyinchiliklarni roʻkach qilib, aholini, ayniqsa, yoshlar ongini aqidaparastlik gʻoyalari bilan zaharlamoqda. Farzandlarni yoʻldan urishga, oʻz ota-onasiga, akaukasiga, oʻzi tugʻilib oʻsgan maskaniga, davlatiga qarshi qoʻyishga harakat qilmoqda. Bugungi kunda ekstremizmga qarshi kurash oʻta dolzarb vazifa hisoblanadi.

Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari to‘g‘risida talabalarga ma’lumot berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga,batafsil javoblar olishdi.











Report Page