"Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid”

"Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid”

Мурадова Мавжуда Раджабовна

Joriy yilning 31 yanvar kuni Pedagogika fakulteti  dekani Radjabov N.H , Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini va tyutor M.R.Muradova tomonidan "Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid mavzusida video chat muloqot o'tkazildi.

O'zbekiston azaldan turli millatga mansub, turli dinlarga e'tiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv yashagan o'lka bo'lib kelgan. Ajdodlarimiz boshqa din vakillariga doimo hurmat bilan munosabatda bo'lgani, Vatan taraqqiyoti yo'lida yelkadosh bo'lib mehnat qilgani tarixiy manbalarda ko'p qayd etilgan.

Diniy ekstremizm dunyodagi deyarli barcha mamlakatlarda shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaaatlariga tahdid solib kelmoqda. Jumladan, diniy ekstremistik oqim tarkibiga kirib qolgan shaxs:

- oilasi, qarindosh-urug'lari va yaqin insonlaridan mahrum bo'ladi;

- jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini yo'qotadi, chuqur ilm olish, yaxshi kasb egas bo'lish va hayotda munosib o'rin egallash imkoniyatlaridan ayriladi;

- yon-atrofidagi jarayonlarga shaxsiy munosabatga ega bo'la olmay, voqelikka faqat DEO nuqtai-nazaridan qarashga majbur bo'ladi;

- umri qamoqda yoki o'zga yurtlarda xor-zor va sargardonlikda o'tadi, ota-onasi, turmush o'rtog'i va farzandlari oldidagi insoniy majburiyatlarini bajara olmaydi.

O'z navbatida, diniy ekstremistik g'oya va yot diniy qarashlarning jamiyatdagi ijtimoiy-ma'naviy muhit va tadrijiy rivojlanishga zararli ta'siri quyidagilarda aks etadi:

- DEO a'zosi qonuniy jazoga tortilishi yoki “hijrat” da'vosida xorijiy yurtlarga chiqib ketishi oqibatida jamiyatning birlamchi bo'g'ini bo'lgan oilalarda parokandalik yuzaga keladi, farzandlar tarbiyasiz, oilalar esa boquvchisiz qoladi;

- jamiyatda an'anaviy qadriyatlarni avloddan avlodga uzatish tizimi va tadrijiy rivojlanish jarayoni buziladi, mazkur jamiyatda asrlar osha muhim o'rin tutgan milliy, madaniy, tarixiy qadriyatlar ahamiyatini yo'qotishi oqibatida ma'naviyat pasayadi; 

- ekstremistik va terroristik harakatlar sodir etilish orqali jamiyatda “yovuzlik chegarasi” pasayib, odamlar qotillik, qiynoq, bosqinchilik, garovga olish, qulchilik kabi jinoyatlarga ko'nikib qoladi. 

Shunday ekan, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo'shish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning, davlat yoki jamoat tashkilotida ishlashi, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi bo'lishidan qat'iy nazar, eng asosiy vazifalaridan bo'lib qolmog'i lozim.




Report Page