Dilerlik tarmoqlari uchun navbatdagi o‘quv seminar tashkil etildi

Dilerlik tarmoqlari uchun navbatdagi o‘quv seminar tashkil etildi

UzAuto Motors

Avval xabar berganimizdek, “UzAuto Motors” AJ Sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish direksiyasi tashabbusi bilan  mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida hududiy, shahar va tumandagi dilerlik markazlari mutaxassislari uchun o‘quv seminarlari tashkil etib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 19-20 iyun kunlari, “UzAuto Motors Powertrain” zavodi hududida 80 nafardan ortiq dilerlik markazlari mutaxassislari uchun “Ishlab chiqarilayotgan dvigatellar konstruksiyasi va sifati” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi. Unda dilerlik tarmoqlarining kafolat va avtoservis muhandislari ishtirok etishdi.

Mazkur o‘quv-seminarda ishtirokchilar “UzAuto Motors Powertrain” zavodining ishlab chiqarish liniyalari bilan yaqindan tanishtirildi. Zavodda ishlab chiqarilayotgan dvigatellar tuzilishi, ularning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha tushunchalar berildi. Yig‘ish jarayoni bilan tanishtirish uchun zavod hududiga ekskursiya tashkillashtirildi. Ekskursiya davomida yangi loyihalar uchun mahalliylashtirilgan detallar taqdimoti o‘tkazildi. Shu bilan birga sifat sinovlari jarayonlari ko‘rsatildi.  

O‘zaro qizg‘in tarzda kechgan seminarda ishtirok etgan qatnashchilar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi. 



Report Page