“Digital Finance” Inkubatsiya va akseleratsiya markazida “Startup challenge” (Xakaton) fakultetlararo tanlovi o‘tkazildi

“Digital Finance” Inkubatsiya va akseleratsiya markazida “Startup challenge” (Xakaton) fakultetlararo tanlovi o‘tkazildi

Axborot xizmati

2023-yil 18-oktabr kuni Toshkent moliya institutida “InnoWeek.uz-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “Startup challenge” (Xakaton) tanlovi o‘tkazilib, innovatsion loyihalar bilan ishtirok etgan jamoalar orasidan tanlov g‘oliblari aniqlandi.

“Startap challenge” (Xakaton) tanlovida AT “Aloqa Bank” tomonidan berilgan muammolarga barcha fakultet talabalari o‘zlarining kreativ va innovatsion yechimlari bilan ishtirok etdi.

Tanlovda jamoalar taqdimotini baholash uchun “AloqaVentures” venchur fondi direktor o‘rinbosari Parmonov Davronbek Fayzulloyevich, “O‘zmilliybank” AJ Yunusobod filiali boshqaruv rais o‘rinbosari Akbarov Shog‘ofur Shorasulovich, UPAY to‘lov tizimining proekt menejeri Xurramov Kamoliddin Farxodovich va shu bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasi “Сбербанк” skauting yo’nalishi boshlig‘i Sidirenko Maksim Yuryevich xorijiy ekspert sifatida ishtirok etdi.

Tanlovda fakultet jamoalari AT “Aloqa Bank” tomonidan berilgan muammolarga yechimga qaratilgan ishlanma va innovatsion g‘oyalarini taqdimot qilishdi va taqdimot yakunida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Tanlov yakunida ekspertlar bahosiga ko‘ra, 1-o‘rinni Moliya fakulteti jamoasi, 2-o‘rinni Byudjet hisoboti va G‘aznachilik fakulteti jamoasi va 3-o‘rinni Iqtisodiyot fakulteti jamoasi qo‘lga kiritishdi.

Tanlov g‘oliblari homiylar tomonidan qimmatbaho sovrinlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tanlov g‘oliblarini institut tomonidan pul mukofotlari va sertifikatlar bilan tantanali taqdirlash 2023-yil 20-oktabr kuni “InnoWeek.uz-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi yakuniy marosimida bo‘lib o‘tadi.


Report Page