Devorlarga sintetik dori vositalari “graffiti”ni chizib, ularni elektron savdo qilgan shaxs IIB xodimlari tomonidan ushlandi
IIBB Axborot xizmatiGiyohvandlik vositalarini turli yoʻllar bilan muomalaga kiritilishi va shu kabi
jinoyatlar bilan bogʻliq holatlarni fosh etish hamda oldini olish borasida Toshkent viloyati ichki ishlar Bosh boshqarmasi tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Chirchiq shahrida IIO post-patrul xizmati xodimi va profilaktika inspektori tomonidan hamkorlikda o'tkazilgan nazorat tadbiri davomida, 2000-y.t. fuqaro S.B.ning yashash xonadoni koʻzdan kechirildi.
Xonadondan, bir nechta kichik selafan oʻramlarida sintetik giyohvandlik vositasi, 3 ta idishda rangli boʻyoqlar va kichik hajmni oʻlchovchi tarozi hamda boshqa
buyumlar, daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olingan.
Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, ushbu shaxs sintetik giyohvandlik vositalari savdosi bilan shugʻullanib, shahardagi bino devorlariga ushbu vositani elektron sotib olish mumkin boʻlgan saytlarning "graffit"manzillarni chizib kelgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB tomonidan qoʻshimcha surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
IIBB Axborot xizmati