Delphi loyihasining tuzilmasi (3-dars)
www.dasturim.uzDelphi dasturi — bu bir necha bir-biri bilan bogiiq fayllardir. Har qanday dastur .dpr kengaytmali loyiha fayli va bir yoki bir necha .pas kengaytmali modullardan tashkil topadi. Loyiha fayli dasturchi tomonidan kiritilmaydi, u foydalanuvchining ko‘rsatmalari asosida avtomatik ravishda Delphi sistemali dasturi tomonidan tuziladi. Loyiha fayli matnini ko‘rish uchun Project/View Source buyrug‘ini berishi zarur.
Loyiha matni umumiy holda quyidagicha boiishi mumkin:
Program Project 1;
Uses
Forms,
Unitl in ‘Unitl.pas’ {Forml}
{$R *.res}
Begin
Application.Initialize;
Application.CreateForm(Tform 1, Form 1 ) ;
Application.Run;
End.
Loyiha nomi dasturchi tomonidan loyiha faylini saqlash vaqtida beriladi va u Delphi muhitida bajariluvchi fayl, ya’ni, kengaytmasi .exe bo‘lgan faylni tashkil qilishni aniqlaydi. Loyiha faylidan keyin ishlatiladigan modullar standart modullar Forms va Unitl joylashadi.
{$R *.res} direktivasi kompilyatorga ishlatilishi kerak bo'lgan resurs fayllari, masalan dasturlami e’lon qilish kerakligini bildiradi. Yulduzcha belgisi resurs faylining kengaytmasi .res ekanligini bildiradi. Bosh modulning bajariluvchi qismi Begin .. End operatorlari orasiga joylashadi.
Modul — bu, biror-bir dastur. Modullar standart konstruksiyasiga ega. Object Pascalda modul tuzilmasi umumiy holda quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Unit <Modul nomi>
Interfase
Implementation
Initialization
Finalization
End.
Delphi tizimini ishga tushirgandan keyin modul tuzilmasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Unit unitl;
Interface
Uses
Windows, Messages, SysUtils, Variants, Classes, Graphics, Controls, Forms, Dialogs;
Type
TForml = class(TForm)
Private
{Private declarations}
Public
{ Public declarations } end;
Var
Forml: TForml;
Implementation {$R *.dfm}
End.
Keyingi darsda Sinflar va obyektlar bilan tanishamiz.
Do'stlaringizga ham ulashing! @Informatika