🏷️ #Dekan_kubogi

🏷️ #Dekan_kubogi


 “Dekan kubogi” g‘oliblari taqdirlandi


🗓 Termiz davlat pedagogika instituti Tillar fakultetida “Sport oyligi” doirasida talaba-qizlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Dekan kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.


🔥 Musobaqada fakultetning 4 ta yo‘nalishidan jami 5 ta jamoa ishtirok etib, bahslar qizg‘in va murosasiz ruhda kechdi.


🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra:

🥇 1-o‘rin — “Voley star” jamoasi

(O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi, 1-bosqich)


🥈 2-o‘rin — “Ogon” jamoasi

(O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi, 2-bosqich)


🥉 3-o‘rin — “Stars” jamoasi

(Ingliz tili yo‘nalishi, 1-bosqich)


💰 G‘olib va sovrindorlar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

🥇 1-o‘rin — 500 000 so‘m

🥈 2-o‘rin — 300 000 so‘m

🥉 3-o‘rin — 200 000 so‘m


🎖️ Taqdirlash marosimida Tillar fakulteti dekani tomonidan jamoalarning faolligi, jamoaviyligi va sportga bo‘lgan qiziqishi alohida e’tirof etildi.


✨ Mazkur musobaqa talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.


✍️ TerDPI matbuot xizmati


Report Page