Dehqonobod tumani filiali hafta ichida

Dehqonobod tumani filiali hafta ichida


Davlat kadastrlari palatasi Dehqonobod tumani filialiga 8-12-may kunlari oralig'ida 7 ta noturar binoga, 3 ta yakka tartibdagi turar-joyga va 1 ta yer uchastkasi kadastr hujjati tayyorlash bo'yicha jami 11 ta murojaat kelib tushgan.


Mazkur arizalar asosida 2 ta noturar bino va 3 ta ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti rasmiylashtirilib, Davlat xizmatlari markazlari orqali mulkdorlarga taqdim qilindi.

Shuningdek,filalimiz tomonidan 8-maydan 12-maygacha 0.1218 gektarga teng 7 ta bo‘sh yer uchastkalari xatlov natijasida aniqlanib, “YERELEKTRON” tizimiga kiritildi.

Ushbu haftada 0,0150 gektarga teng 2 ta bo‘sh yer uchastkalari auksion savdosida tadbirkorlarga sotildi.

Obyektni ixtisosini o'zgartirish va rekonstruksiya qilish bo'yicha esa filialimizga  1 ta murojaat kelib tushgan bo’lib hozirgi vaqtda ushbu murojaat o’rganib chiqilmoqda.

Turar va noturar obyektlarni foydalanishga qabul qilish bo'yicha filialga 4 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 1 tasi ijobiy hal etilgan. Qolgan murojaatlar esa ayni paytda o'rganib chiqilmoqda.

Hafta davomida filial arxivida saqlanayotgan 4 ta ko'chmas mulkka oid qog'oz ko'rinishidagi hujjatlar arxiv bazasiga kiritilib, hujjatlarning elektron ko‘rinishga o‘tishi ta'minlandi. Filial arxivimizda hozirgi kunda 31126 ta ko'chmas mulkka oid hujjatlar saqlanmoqda. 

Jismoniy va yuridik shahslar tomonidan filialimizga hafta davomida jami 3 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 2 tasi so’rovnoma bo’yicha va 1 tasi boshqa masala bo’yicha bo’lib, ushbu murojaatlar o'rganilmoqda.

Hafta davomida mas'ul xodimlar tomonidan Ko‘chmas mulk-3” dasturiga kiritilgan ko’chmas mulklarga oid 2190 ta kamchiliklar bartaraf etildi.


Report Page