Dehli shahrida Toshkent tibbiyot akademiyasining vakolatxonasi tashkil etildi

Dehli shahrida Toshkent tibbiyot akademiyasining vakolatxonasi tashkil etildi


Yurtimizda tibbiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash, tibbiyot xodimlari bilimini oshirish, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori A.Shodmonov tashabbusi bilan mazkur oliy ta’lim muassasasi Hindiston poytaxti Dehli shahrida o‘z vakolatxonasini ochdi.

Vakolatxona Hindistonning «Axis Institute of International Education» kompaniyasi bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik natijasida tashkil qilindi.

Ma'lumot o‘rnida, ushbu kompaniya bugungi kunda dunyoning 20 ga yaqin nufuzli tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, jumladan Vrashava universiteti, Yaponiyaning KUDAN intituti, Manila universiteti, Gruziya universiteti, Ukrainaning tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda. 

Vaqolatxona Dehli shahrining nufuzli tibbiyot muassasalari va markazlarida mamlakatimiz tibbiyot xodimlarini salohiyati hamda malakasini oshirishi, stajirovka o‘tashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan bir qatorda, Hindistonda faoliyat yuritib kelayotgan yetakchi tor soha mutaxassislarini Toshkent tibbiyot akademiyasining o‘quv-amaliyot jarayonlariga jalb qilish bilan ham shug‘ullanadi.

Bundan tashqari, kelgusida tibbiyot muassasasining Polsha, Koreya va Turkiya davlatlarida ham vakolatxonalarini ochish rejalashtirilgan.




Report Page