Davyergeodezkadastr qo’mitasi tomonidan yerlarni muhofaza qilish tadbirlari davom etmoqda.

Davyergeodezkadastr qo’mitasi tomonidan yerlarni muhofaza qilish tadbirlari davom etmoqda.

Davyergeodezkadastr qo'mitasi Axborot xizmati

Yurtimizda sug’oriladigan yerlardan noqonuniy foydalanish afsuski hanuzgacha uchramoqda. Bularga barham berish uchun ko’rilayotgan choralarga qaramasdan o’zboshimchalik bilan ish ko’rayotganlar afsuski hali ham mavjud.

Jizzax viloyati, Pahtakor tumanida o’tkazilgan nazoratimizda sug’oriladigan yerga qurib olingan Aerodrom to’g’risi bizni lol qoldirdi.

 “Mingchinor Qishloq Fuqarolar Yig’ini hududidagi “SilverleafeInternational LLC” agroklaster tomonidan qurilgan ushbu aerodrom jami 8 gektar yerni egallab turibdi, shundan 6 gektari sug’oriladigan ekin yerlaridir. Shuningdek, agroklaster tomonidan 1 gektar ekin yeridan o’zboshimchalik bilan turli imoratlar qurib olinganligi ma’lum bo’ldi.

Bundan tashqari ushbu agroklaster tomonidan 1, 11, 21, 25, 26 va 27 dala konturlariga jami 2000 gektar yerga rejalashtirilgan chigit ekinining 356 gektariga haligacha ekilmasdan kelayotgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan qo’mita mutaxassislari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berildi va viloyat hokimligiga taqdimnoma kiritildi.

Yurtimizdagi farovon turmush tarzini yanada takomilashtirishga bo’layotgan ishlarga barchaning hissasi birdek qo’shilishi kerakligini yana bir bor eslatgan holda, ushbu yerlardan tez orada to’g’ri foydalanish yo’lga qo’yiladi degan umiddamiz.