Davronova Gulhayo, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, davolash fakulteti 2-bosqich talabasi

Davronova Gulhayo, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, davolash fakulteti 2-bosqich talabasi


Bismillahir rohmanir rohiym.

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

 

Bir necha yillik urinishlar va anchagina qiyinchiliklardan so'ng, nihoyat menga ham Alloh men uchun hayrli bo'lgan oliygohga talaba bo'lish baxtini nasib etdi, alhamdulillah. Hozirda Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti, Davolash ishi yo'nalishi 2-bosqich talabasiman.


Telegram ijtimoiy tarmogʻida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi kanali bo'lar edi, abituriyentlik davrimda kuzatar edim. Bir kuni xabarlar orasida mavzular ketma-ketligi berilgan mundarijali xabarga ko'zim tushdi, qiziqib havolaga o'tganimda Tibosfera kanali chiqdi, umurtqalar ,qovurg'alarga oid prezentatsiya materialini ochib, o'qib ko'rishni boshladim…


Mavzuni o'qib chiqar ekanman, kitobdan o'qib yoki ustozlardan eshitib bunchalar yaxshi, aniq va tartibli tushunmagan edim, juda xursand bo'lib ketdim va aynan mavzularni shu kanal materiallaridan yodlab, javob bera boshladim. Shu orqali kanalga qo'shildim... Nomi ajoyib edi – "Tibosfera". “Qanday kanal ekan oʻzi?" –  deb boshidan boshlab xabarlarni o'qib chiqa boshladim. Avvalo, Elyorbek Toʻraboyev Ustozning 1-2- suhbatlarini eshitib ko'rdim. Bu suhbatlari xuddi to’gʻri yoʻlda ketishim uchun xaritadek boʻlgan edi, ayni payt uchun menga kerakli maslahatlar va ma'lumotlarni olgan edim.

 

Universitet darslarimiz orasiga gistOlogiya, fiziologiya, biokimyo degan fanlar qoʻshildi. Keyinchalik anatomiyadan qiynala boshladim, kitobdan kerakli joyini alohida konspekt qilib olmasam, mavzuni yodlay olmas edim, yozdim ham deylik, men faqat uni quruq, bir chetdan soʻzma-soʻz yodlab olar edim. Lekin yodlaganimni yaxshi tasavvur qila olmas tushunmas edim, faqat yodlab eslab qolsam boʻldi, mavzuni oʻzlashtirib olgan boʻlaman deb oʻylardim va shu tarzda baho olar edim. Gistalogiya, fiziologiya va biokimyoni esa oʻqisam ham mohiyatini, umuman nima yodlayotganimni tushuna olmay qiynalar edim, oxiri qiziqishim ham soʻna boshladi…


Bir muddat oʻtib, MLC (Medical leaders’ club talabalar ilmiy jamiyati) jamoasi borligini bildim va oʻsha kerakli fundamental fanlar boʻyicha materiallar joylab boriladigan har bir kanallariga obuna boʻlib chiqdim. Ularni ham birma-bir koʻzdan kechirib chiqdim. Materiallar juda aniq va rasmlar orqali ham tushuntirilgan, tartib bilan keltirilgan edi. Ammo oʻzim vaqtida qunt bilan harakat qilib oʻrgana olmadim... Ammo, bu tarzda davom etishni umuman xohlamas edim.


Keyin, o'ylay boshladim... Elyorbek Ustoz ham shuncha mashaqqat bilan ilm izlab oʻrgangan ekanlar, tibbiyotni tanladimmi, shuncha yil davomida oʻqib borib, umrim, vaqtimni ketkazib quruq diplomi bor, faqat baho uchun oʻqib, amallab bitirib olib, bilimsiz shifokor boʻlib qolishni aslo istamayman, men ham ular kabi o'zim harakat qilib izlanaman, oʻrganaman, bilimli shifokor boʻlaman deya yangi maqsadlar qo'yishga kirishdim.


Yozgi ta'til paytlari dam olmay, shu fanlarni Tibosfera materiallari, fundamental fanlarni oʻrganish borasida tavsiya qilgan kitoblari boʻyicha oʻqib oʻrganaman, til oʻrganaman deb maqsad qilgan edim. Chuqur oʻylab, shu 3 oy uchun oylik va kunlik rejalar tuzib, vaqtlarga taqsimlab oldim, vazifalar belgiladim va harakatni boshladim…


Til oʻrganishni esa ustoz suhbatidagi tavsiyalariga asosan 6 oy rus tiliga, 4 oy ingliz tiliga boraman deb hayolan reja qilib, yangi oʻquv yilidan kursga qatnashishni boshlayman, ungacha oʻzim mustaqil, boshlangʻich darslarni oʻzlashtirib turaman deb, rus tili va qiziqganim uchun arab tilini ham o'rganishni, videodarslar koʻrishni boshladim. Boshlanishi juda yaxshi boshlandi, ayniqsa, anatomiyadan umurtqalar mavzusini oʻrganishim davomida prezentatsiya materiallari borligi uchun yaxshilab oʻrganib, tushunib, 3D modellarini koʻrib, rasmlar chizib, konspektlar qilib o'zlashtira boshladim. Elyorbek Ustozning mavzuni shunday oʻrganingki, u a'zoni siz hayolan tasavvur qila olishingiz kerak degan gaplari hayolimdan oʻtdi. Bilasizmi, ayni oʻsha paytdan boshlab ilk bora oʻrgangan, yodlagan mavzuyimni tasavvur eta oldim, xuddi ular aytgandek 3D shaklida… Xursandligimdan ichimga sigʻmasdim...

 

 

Lekin hammasi men oʻylagandek davom etmadi. Negaki, oʻzimga toqatimdan ortiq yuklamalar belgilab yuborib, bir vaqtning oʻzida bir nechta qayiqni tutib olibman va eng katta xatoyim anatomiya, gistalogiya, fiziologiya fanlarini o'rganishim kerak bo'lgan qismini belgilagan muddatimda oʻzlashtirib olaman deb o'ylagandim.


Keyinchalik mavzular faqat konspekt tarzida joylanganligi uchun oldingidek, uncha tushunib yodlay olmasdim. Dangasalik paydo boʻla boshladi, diqqatimni jamlay olmay, koʻp chalgʻib ketar edim, mavzularni juda sekin o'zlashtirardim, bir mavzuni o'rganish 3-4 kunga cho'zilib ketar edi. Rejalarim to'liq amalga oshmaganligidan siqilib, ishtiyoqim tushib, depressiya holatlariga tushib qolar edim.


O'zlashtira olmayotganim, hech tushunmaganim, eplay olmayotganimni ko'rib balki ayb o'zimdadir, baliqni daraxtga chiqa olish imkoniyati bilan sinasa, bir umr o'zini qobilyatsizman deb o'tadi, balki men ham noto'g'ri yo'ldadirman, o'zimni shunchaki yoqmagan ishga majburlayotgandirman, balki tibbiyotni oʻrganish, egallash men uchun emasdir, hayotda shuncha qobiliyatli insonlar bor, ular buni uddalay olishadi deya umidsizliklarga berildim...


Lekin shuncha yil shu sohaga kirish uchun tayyorlandim, vaqt, mablagʻ sarfladim, qancha depressiya holatlari, qancha koʻz yoshlar... Alloh meni bekorga shu yoʻlga boshlab qoʻymagandir, oxiri yoʻq narsa uchun meni shuncha urintirib qoʻymaydi-ku, axir necha bora oʻzgartirish fikri keldi, bunga yoʻl qoʻymadi-ku degan fikrlar bilan umidimni qayta uygʻotdim.

 

Shu orada Tibosfera kanalida joylangan xabarlar orasida , tabriklarlarga ko'zim tushdi. Bilishimcha Tibosferaning yangi yoshi munosabati bilan barcha o'quvchilar tabrik yo'llab, "tibosfera effekti" nomi ostida o'zlarining fikrlarini, muhitni, ustozlari haqida go'zal so'zlar yozgan ekanlar. Bu e'tiborimni tortdi. Qiziqib birma-bir o'qiy boshladim. Bu o'quvchilar qanday muhit haqida gapirishyapti, Elyorbek To'raboyev Ustoz o'zlari alohida qayerdadir dars beryaptimikanlar deya menda savollar paydo bo'la boshladi. Qolgan fikrlarni ham o'qib tushundimki gap "online kurs" haqida ketayotgan ekan... Bunday kurs borligidan shu paytgacha umuman xabarim bo'lmagan edi. O'sha onda mendagi xursandchlikni, quvonchni so'z ila ta'riflab bera olmayman. Chunki ularning har bir maslahat, tavsiya, chuqur mehnat bilan tayyorlangan konspekt materiallari men uchun juda kerakli va qadrli edi. Fikrlarni o'qib tugatar ekanman, meni ham shu kursga qo'shilish ishtiyoqim ortdi. Kurs haqida ma'lumot izlay boshladim va nihoyat topdim. Kursga qo'shilish shartlari, talablari, o'ziga xos jihatlari bilan tanishib chiqdim. Til kurslariga borish rejam ham yoʻq boʻldi, chunki til kurslariga bormaslik talablardan biri boʻlib, oʻzlari shu tillarda yozilgan adabiyotlardan bizga kerakli "mag'zini" berishini aytgan ekanlar. Axir ,bu juda yaxshiku deya, hech ikkilanishsiz “albatta qatnashaman" dedim o'zimga. Faqat kurs pullik, men-ku ilm uchun sarmoya eng yaxshi sarmoya deb bilaman, lekin o'zi kontraktda o'qiganimiz uchun ota-onam ruxsat berarmikanlar deb, sekin oldilariga borib, kurs haqida to'lib-toshib gapirib, qatnashish istagimni bildirdim. Men xohlagan ijobiy javob – ruxsat ola oldim, alhamdulillah.

 

Endigi navbat kursga qo'shilish edi. Ammo afsuslarki qabul tugab qolibdi. Biroz xafa bo'ldim. Keyingi qabul oktabr oyida bo'ladi deyilgan ekan. Mayli, balki menga shunisi xayrlidir deya, umidimni yo'qotmadim. Saralab olishlariga qaraganda, hammani ham olmasalar kerak, imtihon ham qiyin bo'lsa kerak deb o'ylab, Allohdan chin dildan men ham shu kursga qabul qilinishimni niyyat qilib, duo qilib so'rar edim.

 

Ikkinchi yangi o'quv yili boshlandi, dars jadvallari ham chiqdi. Bizda dars soatlari ko'p edi, ya'ni deyarli ertalabdan to kechgacha. Universitet darslarini qilishga o'zi zoʻrg'a ulgurar edik. O'ylanib qoldim. Hali kurs boshlab olsam, bu universitetdagi darslarni o'zi amallab ugurib qilyapman-ku, kursni vazifalarini qanday vaqt topib qilaman degan fikr keldi. Lekin bu o'qishimdan ko'nglim to'lmas edi, chunki umuman tushunmas edim, faqat yodlab olib javob berib, baho olib, ma'ruzalarni ham shunchaki eshitib, ba'zi paytlari uxlab qolib, shu zaylda borib kelar edim.

 

Har bir bilim bermoqchi bo'lgan Ustozlarimni qadrlar edim, chunki u insonlar kuchli, bilimli, tajribali, professor, katta ustozlar edi. Tayyor bilim beraman, sizlar olinglar” deb turar edilar. Shuncha sharoit, kuchli bilimli ustozlar. Ularga munosib o'quvchi bo'lolmayotgan edim. Vijdonim qiynalib, ich-etimni yemirardim. Ammo, ichimda "bilaman oldimdan oqayotgan suvni uvol qilyapman, nima qilay, tushunmasam, yodlay olmasam" deb yig'lab, siqilar edim. Atrofimdagi boshqa talabalarni ko'rib ham achinar, ham jahlim chiqar edi. Aynan mana shunday kelajagiga befarq, loqayd, faqat baho uchun o'qib, javob berib, imtihonlarni ham ko'r ko'rona, shunchaki yodlab yoki tavakkal qilib sessiyalardan o'tib, hayotini yeb -ichish, kelib-ketish, o'yin-kulgi bilan o'tkazib yuborayotgan, qayoqqa qarab ketayotganini bilmayotgan, ota-onalari ne umidlar bilan "bolam shifokor bo'ladi, u o'qiyapti" deb o'ylab, o'zlariga qilmaganlarini, farzandi uchun sharoitlarni bekam-u ko'st qilib berayotganlarini fikr qilmay, unutgan, qimmatbaho vaqtni bekorchi gap so'zlar-u, o'yin, ijtimoiy tarmoqlarga sarflayotgan, faqat o'zlarini aldayotgan, o'tkinchi hoy-u havaslarga berilib, asosiy maqsadini unutgan, boshqalardan farqli o'laroq "men axir tibbiyotda o'qiyabman" deb quruq faxrlanib, o'zini shifokordek hisoblab yurayotgan talabalar qatorida bo'lib, men ham ularga o'xshab qolishni aslo istamas edim.

 

Shu o'y hayollar bilan nima bo'lsa bo'lsin, qiynalsam ham mayli, Alloh oson qilsa eplayman deya aniq kursga yozilishga ahd qildim. Nihoyat men kutgan vaqt keldi. Behosdan oktabr oyi uchun qabul boshlanganlik xabarini o'qib qolib quvonib ketgan edim. Darhol qabulga yozildim.

 

 

 

Kursga qabul qilinganimdan keyin dastlabki darslarimiz boshlandi. Oldimizdagi ikki hafta sinov muddati edi. Niyyatni yangilab, mavzularni yaxshi o'zlashtirib imtihondan o'tishni maqsad qildim.


Darslarni o'rganishni lotin tilidan boshladik. Dastlab saralash guruhimizda, adashmasam, 70-75 tacha o'quvchi bor edi. Kichik ustozlar bizga vazifalar berib, videodarslar, prezentatsiya kabi materiallarni tashlab berdilar. Yakshanba kunidan tashqari har kuni dars bo'lar edi. Kechki payt 7-8 larda darsimiz boshlanar, savol-javob juda qiziqarli, yozma va og'zaki tarzda o'tkazilar, ayniqsa yozma savol - javobda ustoz savol bersalar hamma guruhdoshlar birgalikda, barobariga tezgina yozishga ulgurib javob berardik. Juda ajoyib quvnoq muhit edi. Bundan tashqari birgalikda "quiz" testlar ham ishlar edik.


Shu tarzda 2 hafta o'tdi. Imtihon vaqti ham keldi. Imtihonlarimiz “google forma"da test ishlash bilan o'tdi. Nihoyat javoblari chiqish vaqti ham keldi. Natijalarni ko'rdik va mehnatlarim, olgan bilimim samarasi oʻlaroq o'zimni kursga qabul qilinganlar ro'yxatida ko'rdim. Ana endi o'sha kuni mendan baxtli odam yo'qdek, Allohga hamdlar aytib, endi men ham Tibosfera oila a'zosi boʻlganimdan juda xursand boʻldim. Bu boshqalar uchun oddiy tuyular, ammo men uchun bu juda muhim va quvonchli xabar edi.


Kursga qabul qilinganlar alohida guruhlarga ajratildi. Har bir guruh uchun alohida guruh ustozlari tayinlandi. Guruh ustozlaridan tashqari guruhimizda boshqa oʻqituvchilarimiz va katta ustozimiz Elyorbek Toʻraboyev ham bor edilar. Bizning guruhda 35 tacha oʻquvchi edik. Har bir guruhdoshlarimiz har xil viloyat, yosh va boshqa-boshqa institutlardan edilar. Suhbatlar qilib, hazil huzullar bilan bir-birimiz bilan tanishib ham oldik).


Ustozimiz bizlarga dars rejimi, uyqu rejimlari, hafta davomidagi reytinglar haqida ma'lumot berib tushuntirdilar. Boshlanishiga moslashish qiyinroq boʻlishini, ammo, hali bemalol oʻrganib ketib, odatiy holga aylanishini aytib, mavzularga yuzaki qaramasdan chuqur, yaxshi oʻzlashtirib ketishimizni takidlab, qoʻllab-quvvatlab, ishonch berdilar bizga. Aytganlaridek rejimga moslashish boshida biroz qiyinroq boʻldi. Na uxlash rejimim, na uygʻonish rejimim toʻgʻri emasdi. Darslarim koʻp, hammasiga ulguray deb tungi 2-3 largacha dars qilib qolib ketar, ba'zan uxlamay ham qoʻyaverardim. Buni yomoni tomoni esa ertangi kun charchoq bilan, darslarda uxlab qolish holatlari, bosh ogʻriqlari bilan oʻtar edi. Ba'zan shu kech uxlayverganlarim sababidan ertalabki darslarga uygʻona olmay qolar edim.

 

Shunday holatlarda ustozimiz darslarim koʻpligidan qat'iy nazar rejimga vaqtida amal qilib, belgilangan vaqtda dam olib, undan koʻra erta uygʻonib oʻsha darslarni davom ettirishim kerakligini, shunda ertangi kunim ham yaxshi kayfiyat bilan, charchoqlarsiz oʻtishini, shunda darslarni ham yaxshi oʻzlashtirib, vaqtida qatnasha olishimni aytib, toʻgʻri maslahat berdilar. Asta-sekin rejimga men ham ancha moslashib oldim.

 

  Kurs men kutganimdan ham ziyoda boʻldi. Bir mavzuni oʻqib oʻrganar ekanman, nihoyat tushuna olayotganimdan ich-ichimdan quvonib ketar edim. Sababi ular bergan oʻquv materiallari bebaho deya olaman, shu qadar tartibli, tushunarli, chiroyli va rasmlar bilan aniq koʻrsatib berilgan. Albatta bunga ustozlarimizning anchagina mehnatlari singgan, qancha vaqt, kuch, bilimlarini sarflaganlar va shuning uchun ham ular bizga ishonib omonat qilib berganlar. Bularni his qilgan holda, o'zgacha ma'suliyat bilan o'rgana boshladim. Ilgari qiyin, murakkab, tushunarsiz tuyulgan mavzular endi unday tuyulmas edi. Videodarslarda esa mavzularni o'rganar ekanman, boshqa institutlardagi ustozlarning zerikarli ma'ruzalaridan farqli ravishda Ustozimizning quvnoq kayfiyat bilan, hazillar qilib, soddagina, talaba tushunadigan tilda gapirib o'tishlari, menda ilmga, tibbiyotga yanada qiziqish uyg'otar edi.

Tibosferadagi muhit esa men xohlagandek edi).


Bir qancha vaqtlar o'tdi. Shunday paytlar bo'ldiki, na kurs, na universitet darslarini to'liq o'zlashtira olmas edim, o'rganishni xohlardim ammo vaqt yetishmasligidan qiynalardim. Rejalar tuzsam o'xshamay qolar, rejimlarga amal qila olmay qoldim. Yodlagan ma'lumotlarim esimdan chiqib ketib qolar edi, atrof-muhitimdagi muammolar, insonlar ta'siri, universitet darslarini tushunmaslik, turli stress holatlari, oldindagi imtihonlar, hammasi bir muddat meni tushkun holatga solib qo'ydi. Hatto hammasini boshqattan boshlasam yaxshi bo'lar deya o'yladim. Ammo ustozim bu yo'lni tutish to'g'ri emasligini, davom etishim kerakligini aytdilar. Maqsadlarimni yo'qotib qo'ygan edim, holatimni hatto o'zim tushuna olmas edim. Shunday paytlarda Allohdan menga to'g'ri yo'lni ko'rsatishini duo qilib so'rar edim.


Bir kuni suhbat guruhining boshidan to oxirigacha Elyorbek Ustozimning maslahatlarni o'qib chiqa boshladim. Har bir nasihatlarini o'qir ekanman o'zim sezmagan xatolarimni, ayblarimni tushuna boshladim. O'zimni isloh qilib, qayerlarda noto'g'ri yo'l tutganimni o'ylay boshladim. Holatimni chuqur tahlil qilib borar edim. Har bir savolimga javoblar bor edi. Bizdan oldin kursda o'qishni boshlagan oʻquvchilar, oʻzlarining qilgan xatolarini, anglaganlarini bizlar takrorlamasligimiz uchun tajribalaridan kelib chiqib juda yaxshi tavfsiyalar berib, past balandliklarini aytib, bu holatlarni ular ham boshdan oʻtkazgan ekanlar. Men uchun juda ham kerakli maslahatlar, tavsiyalarni oldim. Bu orqali o'zi nima uchun yashayotganim, nima maqsadda harakat qilayotganimni qaytadan anglay boshladim, yangi umidlar, yangi maqsadlar ham paydo bo'ldi. Nafaqat aqlim, qalb koʻzim ham ochilgan edi. Aynan Tibosferada men o'zimni, maqsadlarimni, qobiliyatlarimni topdim va kelajagimni aniq ko'ra oldim deya olaman.

 

Avvalari faqat shifokor bo'laman derdim-u, ammo, ishona olmas, maqsadlarimni aniq tasavvur qila olmas edim. Ammo endi unday emas, hammasi o'sha ondan boshlandi. Tibosfera hayotim mazmuniga aylandi. Tasavvur qilib, tushunib yodlashni shuncha yil davomida anglamagan edim, buni ham Tibosferada o'rgandim va bu meni hayotimdagi eng katta burilish edi. Chunki endi oldingidek o'zimni qiynab, so'zma-so'z yodlab olmasdan, aksincha hayolan tasavvur bilan, ko'z oldimda gavdalantira olib o'rganar edim. Bu esa katta mavzularni ham osongina tushunib olishimga yordam berdi. Buni uddalay olganimga ishona olmas edim.


Shuning uchun Tibosferadagi har bir mavzuni o'rganish juda qiziqarli, zavqli jarayon bo'lmoqda. Xotiram ham ancha yaxshilanmoqda. Ustozimning tavsiyalarini amalda qo'llab mavzu o'rganganimda juda katta o'zgarishlarni sezdim. Ilm yoʻlida uchraydigan toʻsiqlarni qanday yengishni, nafs va shayton fitnasiga aldanib qolmaslikni, dangasalikni yengishni, mashaqqatlarga sabr qilib ular qarshisida tik tura olishlikni va yana boshqa juda koʻp narsalarni o'rgandim. Tibosfera tufayli tibbiyotga muhabbatim ortdi. O'rganganim sari o'rgangim keladi, tushungan sarim qiziqib ketib qolaman. Ayniqsa gistologiya, fiziologiya, biokimyo, patologiya, farmakologiya kabi fanlarni ham Tibosferadan o'rganishimni o'ylasam quvonib ketaman, chunki oson, sodda, tushunarli o'rgata olishlariga shubhasiz ishonaman. Chuqurlik, qorong'ulik, chorasizlikda edim, Tibosfera nur bo'lib hayotimni yoritdi, meni yorugʻlikka olib chiqa oldi. Alloh tibosferani sababchi qilib to'g'ri yo'lni ko'rsatdi, cheksiz hamdlar bo'lsin!

 

 

 

Oʻz maqsadlarini unutgan, yoki aniqlay olmayotgan, xuddi, biz kabi tibbiy- fundamental fanlarni oʻrganishga qiynalayotgan, hayotida katta oʻzgarishlar boʻlishini, bilimli, tajribali ustozlar, ilmga ragʻbati baland talabalar jamoasidan iborat muhitda boʻlishni istayotgan, ammo, nima qilishini, nimadan boshlashni bilmayotgan talabalarga hech ikkilanishsiz tibosfera oilasiga qoʻshiling, shunda harakatingiz bilan albatta sizdagi goʻzal oʻzgarishlarni oʻz koʻzingiz bilan koʻrasiz degan boʻlar edim).

 

Tibosferaning avfzalliklarini aytadigan boʻlsam sizga:

1. Ustoz

Birinchi navbatda, sizda oʻz mashaqqatlari orqali turli tillarni oʻrganib va shu tilda yozilgan tibbiyotga oid talaygina kitoblarni oʻqib oʻrganib "achchiq-shirinni totib koʻrib”, oʻrgangan bilimlarini eng sarasi – "magʻzini" biz talabalarning ilm olishini oson qilish uchun videodarslar orqali qiziqarli, quvnoq kayfiyatda, oʻrganuvchiga tushunarli boʻlishi uchun sodda tilda oʻrgatadigan katta ustozingiz boʻladi. Ular nafaqat sizga tibbiy ilm, balki nasihatlari, maslahatlari bilan, goʻzal tarbiya ham berib boradilar. Iymoningizni koʻzdan kechira boshlaysiz. Sizdagi oʻzgarishlarga sababchi boʻlganliklarini sezib, ustoz-shogird an'anasiga binoan ularga ixlosingiz ortadi. Ovozli chatlarda suhbatlar qilib boradilar va bu suhbatlarda sizni qiynagan muammo va savollarga imkonlari, bilimlari qadar javob berib boradilar. Hayotingizda kerak boʻladigan, toʻgʻri yoʻldan adashmasligingiz uchun oʻz maslahat, tavsiyalarini aytib boradilar. Vaqti kelganda ba'zan achchiq gaplar bilan, ba'zan hazillar bilan nasihat qiladilar, bularni bari albatta sizga faqat yaxshi boʻlishi uchun aytiladi).

 

2. Oʻrganish uchun beriladigan materiallar

Avvalroq aytganimdek, ular bebaho. Buni kursdagi oʻquvchilarning bari juda yaxshi bilishadi. Ma'lumotlar juda tartibli, qiziqarli, oʻrganish uchun qulay, keraksiz ma'lumotlar va soʻzlardan yiroq holda tuzilgan. Tasavvur qila olishingiz uchun har bir tuzilma rasmlar orqali aniq keltirib oʻtilgan. Siz esa faqat  oʻqib, oʻrganib, tushunib, yodlasangiz boʻlgani).

 

3. Davomat

Kursda kunlik davomat qilib boriladi. Kunlik davomatda har kuni oʻz vaqtida darsda boʻlishingiz nazorat qilinadi. Navbatchilar tayinlanadi. Navbatchi guruhdoshlaringiz agar oʻsha vaqtda darsda boʻlmasangiz yoki uygʻonmagan boʻlsangiz qoʻngʻiroq qilib sizni chin dildan, darsdan qolib ketmasin deb, qatnashishingizni xohlab uygʻotadilar, xabar yozadilar, dars qilishingiz kerakligini eslatib turadilar. Ular sababli ham uxlab qolmasdan, darsda oʻz vaqtida qatnasha olasiz.

 

4. Dars qilish rejimi

Dars qilish rejimida esa barcha guruhdoshlaringiz bilan birgalikda belgilangan hamma uchun qulay. Albatta institutdagi darslaringizga xalaqit qilmaydigan vaqtda dars qilishni boshlaysiz. U davrlardan iborat boʻlib, har bir davr 40 daqiqadan iborat. 10 daqiqa tanaffus qilib, dam olib, keyingi davrni boshlaysiz. Davrni boshlaganingizni va tugatganingizni ham yozib borasiz, har bir davrda dars qilganingiz uchun sizga ma'lum miqdorda ball berib boriladi. Bu ballar esa haftalik reytingda yuqori foiz olishingizni ta'minlaydi.

 

5. Uyqu rejimi

Uyqu rejimi orqali oʻz vaqtida uxlab oʻz vaqtida uygʻonishingiz nazorat qilinadi. Belgilangan vaqt –  23:00 da uxlashingiz majburiy boʻladi. Uygʻonish vaqtingiz esa 05:00 gacha qilib belgilanadi. Shu vaqtdan ertaroq uygʻonishingiz esa ixtiyoriy. Bu uyqu rejimi sababli bir vaqtda uxlab, uygʻonishni oʻrganasiz, natijada, keyingi kuningiz yaxshi kayfiyat bilan, charchoqlarsiz oʻtishini ta'minlagan boʻlasiz. Darslarda ham uxlab qolmay, diqqat bilan tinglab, yaxshi oʻrgana olasiz. Miyyangizni ham ortiqcha bosim bilan toliqtirib qoʻymaysiz!

 

6. Haftalik reyting

Oʻquvchilar rejimlarga qay darajada amal qilganliklarini, mavzularni qanday oʻzlashtirganliklarini koʻrsatib beradi. Shunga koʻra har kim chetdan oʻziga baho beradi. Yuqori reytingda boʻlsa hursand boʻlib, shu tarzda davom etishga harakat qiladi. Biroz pastroq reytingda boʻlsa, oʻzini isloh qilib, qayerda xato qilganini anglab, yanada yaxshi oʻrganishga harakat qiladi. Rejimlarga amal qilish orqali tartib intizomli bo'lishga oʻrganasiz!

 

7. Oylik imtihonlar

Bu imtixonlar yordamida bir oy mobaynida oʻrgangan mavzularingizni sinovdan oʻtkazadilar. Videochatda ogʻzaki tarzda har bir oʻquvchiga individual savollar beriladi. O’quvchilar esa oʻrgangan bilimlariga koʻra javob beradilar va shunga koʻra ball qoʻyilib baholanadi. Keyingi bosqichda test shaklida “Google forma” da imtihon oʻtkaziladi. Ma'lum vaqt belgilanib, shu vaqt ichida hamma ishlab tugatish sharti qoʻyiladi. Ogʻzaki imtihonda va testda olgan natijangizni koʻrib, bir oy davomidagi harakatingizni baholaysiz, qaysi mavzuda kamchiligingiz borligini bilib, shu mavularni qaytadan yaxshilab oʻzlashtirib qoʻyasiz va yangi mavzularni yanada e'tiborli boʻlib, sinchikovlik bilan oʻrganib borasiz!

 

 8. Jamoaviylik muhiti

Har kuni darslar boʻlganligi uchun, oʻz guruhdoshlaringiz bilan kun davomida suhbatlar qilib, birga dars qilib, savol-javoblarda qatnashganingiz, bir oʻquvchi oʻzlashtirishga qiynalib qolsa barchalari qoʻldan kelgancha yordam berishlari, ruhan tushkunlikka tushib qolsa bir- birlariga dalda, maslahatlar berib, hol-ahvol soʻrab, qoʻllab turganliklaridan ularga mehringiz yanada ortadi. Hatto kursdoshlaringizdanda yaqin insonlarga aylanadilar. Chunki bizlarni bir xil maqsad, bir xil qadriyatlar birlashtirib turadi. Eng muhimlaridan biri esa kim oʻzarga emas, sogʻlom raqobat ila harakat qilishimizni, ustozlarimiz oʻrgatganlari uchun, jamoadoshlarimizni ham yuqori natijalar olishlarini xohlaymiz, qoʻlimizdan kelgancha yordam beramiz). Shunday qilib bir oiladek boʻlib ketasiz!

 

9. Guruh uchun tayinlangan Ustoz

Siz uchun har kuni jon kuyutib darsga qatnashishingizni ta'minlaydilar. Savol-javoblar qilib baholab boradilar. Vaqt ajratib yozma savollar, ajoyib "quiz" testlar tuzib dars davomida bizga taqdim qiladilar. Ular ham kichik suhbatlar qilib sustlashsak biroz tergab, yaxshi harakat qilsak xursand boʻlib maqtab qoʻyadilar va doim shunday yaxshi davom etishimizni takidlab oʻtadilar. Oʻqishingiz davomida qandaydir muammolarga duch kelsangiz tushunib, muammoga yechim topishga harakat qilib qoʻldan kelgancha oʻzlarini maslahatlarini berib, toʻgʻri yoʻlni koʻrsatib boradilar va yordam beradilar. Imtihonlarda ham dalda boʻlib,q oʻrmasligimizni, shunchaki bu oddiy imtihon ekanligini eslatib, ishonch bildirib, ruhan qoʻllab quvvatlaydilar. Doimo oʻquvchilarini kayfiyatini koʻtarib, "pozitiv" muhit yarata oladilar. Shuning uchun har bir oʻquvchi ustozni hurmat qiladi!

 

10. Ragʻbatlar

Oʻziga xos jihatlaridan yana biri har bir boʻlimlarni tugatishimiz bilan, boshqa guruhlarlardagi oʻquvchilar bilan bilim sinashish uchun olimpiadalar ham oʻtkazib boriladi. Albatta, yutuqlar ham mavjud. Ya'ni eng yuqori oʻrinlarni egallaganlar uchun 3 oylik, 2 oylik, 75%, 50% lik grandlar ajratiladi va bu grandlar asosida shuncha muddat bepul yoki chegirma asosida oʻqishlari mumkin boʻladi. Agar har olimpiadalarda shunday yuqori natijada davom etilsa, grantlari miqdori yanada ortib borishi, hatto 100% lik grant yutib, butun kursda bepul oʻqishi mumkin boʻladi. Albatta doimiy yuqori natijani saqlagan holatda. Bundan tashqari jamoaviy harakat uchun ham alohida ajratiladigan grantlar bor. Shu tarzda oʻquvchilarning olgan bilimlari, erishgan yuqori natijalari ragʻbatlantirib boriladi va oʻquvchilarning ham oʻqishga ishtiyoqi yanada ortib boradi).

 

 

Kursda 3 oy davomida oʻqib, oʻzim uchun juda koʻp bilimlar, toʻgʻri yoʻnalish, maslahatlar oldim, xatolarimni koʻrdim, qobiliyatlarimni yuzaga chiqara oldim. Endi bu yogʻiga yaxshi natijalar koʻrsatib, ustozlarimizga munosib shogird boʻlib, ularning roziliklarini olib, maqsad sari ogʻishmasdan, goʻzal niyyatlar bilan davom etishni maqsad qildik!

 

Kurs haqida xulosa qilib aytadigan boʻlsam, Tibosfera sababli in shaa Alloh biz talabalar tibbiy fanlarni chuqur, zavq ila oʻrganib va kuchli bilimli boʻlib tibbiyotda katta, yaxshi oʻzgarishlar qilishimizga ishonamiz va shunga yarasha ilm yoʻlida uchraydigan mashaqqatlarga sabr qilib, yanada ishtiyoq bilan davom etamiz. Alloh oʻzi oson va xayrli qilsin! Ustozlarimizdan Alloh rozi boʻlsin, ilmlari va iymonlari ziyoda boʻlsin, ularning haqlariga doimo duodamiz!

139-guruh o’quvchisi Davronova Gulhayo 

Report Page