#Davra_suhbati

#Davra_suhbati


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan joriy yilning 2-noyabr kuni turli darajadagi vazirlik, korxona, tashkilotlar, xoʻjalik birlashmalari mutaxassislari va xodimlari uchun yer toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi va unda beligilangan yangi norma va qoidalarni, munosabatlarni huquqiy tartibga solish boʻyicha bilimlarini oshirishga qaratilgan davra suhbati tashkil qilindi.

Davra suhbati yuqoridagi tashkilotlar xodimlari ishtirokida, ular faoliyatidagi yerga oid munosabatlardagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish hamda qonunchilikka taklif berish yuzasidan tajriba almashish maqsadida onlayn va oflayn shaklda oʻtkazildi.

Davra suhbatidan koʻzlangan maqsad – Oʻzbekiston Respublikasining “Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-son qonuni mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda yerdan oqilona foydalanish, yerga oid munosabatlarda qonun hujjatlariga amal qilish va korrupsiyaga qoʻl qoʻymaslik, yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, geodeziya va kartografiya sohasi faoliyati boʻyicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek davlat boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning yerlardan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat.

Tadbirda davlat organlari, muassasalari, korxonalari, jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlari sohasidagi vakolatlari, yer uchastkalarini ajratish asoslari va tartibi, yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari hamda “E-qaror” elektron tizimida yerga oid qarorlarni mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish masalalari yuzasidan fikr almashishdi.



Report Page