Davolash ishi

Davolash ishi


Davolash ishi taʼlim yoʼnalishi – sogʼliqni saqlash sohasidagi yoʼnalish boʼlib, u tibbiyot sohasini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy koʼnikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yoʼnaltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, uslublarining majmuasini qamrab oladi.

Davolash ishi yoʼnalishi tibbiyotning eng nufuzli yoʼnalishlaridan biri boʼlib bu yoʼnalishda mamlakatimizda bu yoʼnalish boʼyicha kadrlar 100 yildan ortiq vaqt mobaynida tayyorlab kelinadi. 

Oʼquv dastur maqsadi

Talabalarga tibbiyotning fundamental, klinikoldi va klinik fanlari boʻyicha chuqur nazariy va amaliy bilim hamda koʻnikmalar berish. Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash.

Natija

6 yillik oʻquv dasturini oʻzlashtirganlaridan soʻng bitiruvchilar umumiy amaliyot shifokori diplomiga ega boʻladilar.

Bitiruvchilar taʼlimni magistraturada 70 dan ortiq mutaxassisliklar boʻyicha davom ettirishlari mumkin boʻladi.

Bakalavriat davrining oʻquv dasturi:

1-2 kurslarda talabalar tibbiy-biologik fanlar (odam anatomiyasi, tibbiy kimyo, tibbiy biologiya, gistologiya, normal fiziologiya, tibbiyot kasbiga kirish va b.)

3-4 kurslarda talabalar klinikoldi va klinik fanlar (patologik anatomiya, patologik fiziologiya, farmakologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, bolalar kasalliklari propedevtikasi, pediatriya, gematologiya, tibbiy psixologiya va b.)

5-6 kurslarda talabalar mutaxassislik fanlari (gospital jarrohlik, gospital terapiya, akusherlik va ginekologiya, oftalmologiya, otorinolaringologiya, psixiatriya, klinik farmakologiya, xirurgik kasalliklar, ichki kasalliklar va b.)dan tahsil oladilar.

Davolash ishi taʼlim yoʼnalishi boʼyicha bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin:

  • Аkusherlik va ginekologiya
  • Endokrinologiya
  • Terapiya (yoʻnalishlar boʻyicha)
  • Otorinolaringologiya
  • Kardiologiya
  • Oftalmologiya
  • Yuqumli kasalliklar (yoʻnalishlar boʻyicha)
  • Dermatovenerologiya
  • Nevrologiya
  • Umumiy onkologiya
  • Psixiatriya 
  • Xirurgiya (yo‘nalishlar bo‘yicha)
  • Tashxisning instrumental va funksional usullari (yo‘nalishlar bo‘yicha)
  • Neyroxirurgiya
  • Sog‘liqni saqlashni boshqarish (yo‘nalishlar bo‘yicha)
  • Tibbiy psixologiya
  • Urologiya
  • Morfologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha)
  • Narkologiya
  • Аnesteziologiya va reanimatologiya
  • Travmatologiya va ortopediya
  • Oilaviy tibbiyot
  • Sud tibbiyot ekspertizasi
  • Patologik anatomiya
  • Shoshilinch tibbiy yordam
  • Farmakologiya mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura hamda klinik ordinaturada ikki yildan kam bo‘lmagan muddatda o‘qishni davom ettirish mumkin.
  • Shuningdek, oʻrnatilgan tartibda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy tadqiqot olib borish mumkin.



Report Page